Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Bloomberg uçun bergan intervyusida RF prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomonidan taşkillaştiriladigan keyingi tinçlik sammitiga taklif qilinişi mumkinligini istisno etmadi.

Şu bilan birga, Zelenskiy agar Rossii va Ukraina muzokaralar stoliga ötiriş yölini topa olsa ham, Putin «yaqin vaqtlar içida» unda iştirok etişiga şubha qilişi, çunki rossiyaliklar prezidenti «kelişdan juda qörqadi» deb hisoblaşini aytgan.

Zelenskiyning fikriça, uruş «Ukraina va butun dunyo uçun adolatli yakunlanişi» uçun AQŞ va Xitoy «ixtiloflarni çetga surişi» va birgalikda vositaçilik qilişi lozim.

Zelenskiy Xitoy uruşni yakunlaşda «jiddiy rol» öynaşi lozimligi, çunki Rossiya Xitoy eksport bozoriga qattiq qaram bölib qolganini ta’kidlagan. Ukraina prezidenti Finlandiya prezidenti, 2 iyul kuni Bloomberg uçun bergan intervyusida «Rossiya hozirda Xitoyga har qaçongidan köra qattiqroq qaramligi»ni, «XXR raisi Si Jinpingning birgina qönğiroği Ukrainadagi inqirozni hal qilişi mumkinligi»ni aytgan Aleksandr Stubbaning fikrlariga qöşilişini bildirgan.

  • Şveytsariyada 15-16 iyun kunlari Ukraina taşabbusi bilan tinçlik sammiti ötkazildi, unda Kiyev bandlari bajarilişi uruşni yakunlaş uçun zarur deb hisoblaydigan «tinçlik formulasi» muhokama qilindi. Sammitda 90 dan ortiq mamlakatlar vakillari iştirok etgan, şu bilan birga unga Rossiya taklif etilmagan (şu tufayli, Xitoy ham unda qatnaşişdan boş tortgan). Uçraşuvdan keyin Zelenskiy bir neça oy ötib navbatdagi tinçlik sammiti ötkazilişini ma’lum qildi. Kreml Şveytsariyadagi sammitni baholarkan, tinçlik sammiti natijasi «nolga yaqinligi»ni bildirdi.