2024 yil 5 iyul kuni Eron Islom Respublikasida hamda mamlakatning xorijiy davlatlarda oçilgan saylov uçastkalarida prezident saylovlarining ikkinçi turi bölib ötdi.
Jumladan, Özbekistonda vaqtinça yaşab turgan eronliklar Eronning Toşkentdagi elçixonasi binosida oçilgan ovoz beriş uçastkasiga kelib, saylovlarning ikkinçi turiga çiqqan ikki nomzoddan biriga ovoz berişdi.

Eron Islom Respublikasi konstitutsiyasiga köra, prezident saylovlarining birinçi turida saylovçilarning 50 foizidan köproğining ovozini olgan nomzod mamlakat prezidentligiga saylangan hisoblanadi. Bordi-yu nomzodlardan birortasi 50 foizdan ortiq ovoz ololmasa, prezident saylovlarning eng köp ovoz olgan ikki nomzod iştirokidagi ikkinçi turi natijalari böyiça aniqlanadi.








