Ukrainadagi uruşning 862-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Putin tinçlik muzokaralari boşlanmaguniça Ukrainada öt oçişni töxtatib bölmasligini aytdi.
  • Çexiya Rossiya biometrik bölmagan pasportlarini tan olişni töxtatdi.
  • Rossiya armiyasi polkovnigi Artyom Gorodilov firibgarlik işi böyiça hibsga olindi. Ukraina tomoni uni Buçada tinç aholi vakillari öldirilişi uçun javobgar deb biladi.
  • Belgorod oblastida ukrain dronlari avtomobilga hujum qildi. Tört kişi, jumladan 12 yoşli qiz jarohatlangan.
  • 4 iyulga ötar keçasi Rossiyaning 22 ta droni Ukrainaga hujum uyuştirgan. Ukraina qurolli kuçlari 21 ta dron urib tuşirilganini ma’lum qildi.
  • Taker Karlson Zelenskiy bilan intervyu olişi haqida anons bergandi. Ukraina prezidenti matbuot xizmati buni rad etdi.
  • Ukraina qurolli kuçlari Çasiv Yarning Noviy rayoni boy berilganini tasdiqladi.

Ukrain mahbuslari armiyaga yollanmoqda

Joriy yil may oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy oğir bölmagan jinoyatlar uçun qamalganlarni harbiy xizmatga qabul qilişga imkon beruvçi farmonni imzolagandi. Ukraina adliya vaziri örinbosari Yelena Visotskaya iyul oyi boşida Associated Press uçun bergan intervyusida 3000 nafar atrofidagi mahbuslar armiyada xizmat qiliş uçun qamoqxonalardan çiqarilganini ma’lum qildi. Vazirlik baholariga köra, koloniyalarda jazoni ötayotganlardan 27 ming nafarini harbiy xizmatga jalb etiş mumkin. Visotskayaning sözlariga köra, mahbuslarning köpçiligi uyga qamoqxonadan emas, qahramon sifatida qaytişni istamoqda. Ukraina qamoqxonalarini mahbuslarni harbiy xizmatga çaqiriş bilan şuğullanuvçi rekruterlar aylanib çiqmoqda. Quyidagi fotosuratlar rekruterlarning Dnipropetrovsk oblastidagi koloniyalardan biriga taşrifi çoğida olingan.

Dnipropetrovsk oblastidagi koloniya mahbuslari rekruter taşrifi çoğida
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Koloniya oşxonasida tuşlik
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA