Davlat imtihonlari uçun röyxatdan ötgan abituriyentlarning 805 ming 688 nafari test sinovlarida iştirok etiş şartlarini töliq bajargan. Bu haqda Bilim va malakalarni baholaş agentligi ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotiga köra, jami 894 ming 279 nafar abituriyent röyxatdan ötgan va röyxatdan ötiş talablarini töliq bajargan 805 ming 688 nafar abituriyentga test sinovlarida iştirok etişga ruxsat berilgan. Bu 2023 yilda – 948 ming 486 nafar edi. Abituriyentlarning 52,4 foizini xotin-qizlar, 47,6 foizini erkaklar taşkil qilgan. 60,7 foiz abituriyent esa test sinovida iştirok etiş uçun belgilangan tölovdan ozod etilgan.

Şuningdek, agentlik doimiy yaşaş hududi böyiça eng köp röyxatdan ötgan abituriyentlar böyiça ham ma’lumot bergan. Unga köra, eng köp Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qaşqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farğona viloyatida 79 808 nafar abituriyent röyxatdan ötgan.

Körsatilişiça, abituriyentlarning 46 ming 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yönalişlariga, 12 ming 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga öqişga kiriş istagini bildirgan. Röyxatdan ötişda 22 632 nafar abituriyent çet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan. Ularning 20 ming 63 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmagan. Bundan taşqari, 30 637 nafar çet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent röyxatdan ötgan.

Agentlikka köra, test sinovlarini sifatli taşkil etiş va ötkaziş uçun 73 ta yopiq turdagi katta siğimli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda 35 ming 280 nafar, bir kunda esa 70 ming 560 nafar abituriyent test sinovida iştirok etişi va test sinovlari 12 kun davomida ötkazilişi rejalaştirilmoqda.

BMBA test sinovlari uçun 2 690 nafar guruh nazoratçisi keng jamoatçilik orasidan oçiq tanlov ötkaziş orqali tanlab olinganini ma’lum qilgan. Bundan taşqari, gapiriş va eşitişda nuqsoni bölgan abituriyentlarga amaliy yordam körsatiş maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etilişi körsatilgan.

Agentlik test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topşiriği şakllantirilgani va ekspertizadan ötkazilganini bildirgan.