«Tinçlik missiyasi davom etadi. Ikkinçi bekat Moskva», deb yozdi Orban X'dagi sahifasida taşrif haqida. U postga «Vnukovo» aeroportida tuşgan suratini ham ilova qildi.
Orban bir neça kun avval uruş boşlanganidan buyon ilk marta Kiyevga borgan va Volodimir Zelenskiy bilan uçraşgandi.
Vladimir Putin Kremlda Orban bilan uçraşar ekan uning Yevroittifoq raisi sifatida kelganiga alohida urğu berdi: «Bugun siz nafaqat bizning azaliy hamkorimiz sifatida, balki Yevropa Kengaşi raisi sifatida kelganingizni tuşunib turibman. Umid qilaman, Ukraina yönalişidagi Yevropada kuzatilayotgan eng yirik inqiroz haqida fikr alamaşamiz», degan Putin uçraşuvda.
Ayni damda Vengriya Yevropa Kengaşiga raislik qilmoqda. Oxirgi marta 2022 yil 11 aprel kuni Rossiyaga Yevropa kengaşiga raislik qilayotgan Avstriya kansleri Karl Nexammer borgandi. Öşandan buyon bu lavozimdagi heç kim Rossiyaga borgani yöq. Viktor Orban esa Yevropa Ittifoqidagi Rossiya manfaatlarini himoya qiluvçi Putinning asosiy ittifoqçisi hisoblanadi.








