Sönggi kunlarda sodir bölgan YTH fonida ayol kişining Equinox maşinasida aholi punktida soatiga 157 km tezlikda harakatlangani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölmoqda.
Ma’lum bölişiça, Instagramʼdagi sahifasiga ism-şarifi Madina Şamsutdinova deb yozilgan ayol maşinani Angren şahri Gurum mahallasi köçalarida tez boşqargan va holatni videoga olib Instagramʼdagi sahifasiga joylagan.
Video ostidagi izohlarda Instagram foydalanuvçilari ayolga tanbeh berib, maşinalarning tez yurişi oqibatida bolalar halok bölayotganini yozganda u “U bolaçalarning taqdiri onasining qornida yozilib bölgan” deb javob bergan.
Ayolning Instagramʼdagi sahifasida maşina boşqarayotib telefondan foydalangani aks etgan videolar ham bor. Öylaymizki, tegişli organlar uning bu qoidabuzarliklariga çora köradi.
Eslatib ötamiz, 2024 yil 1 iyul kuni Navoiy viloyati Xatirçi tumanida 2-sinf öquvçisi piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotganida uni juda katta tezlikda harakatlangan maşina turtib ötib ketadi.
Qizça piyodalar yölakçasiga yiqilgan paytda uni soatiga 142 km tezlikda ketayotgan BYD maşinasi bosib ötib ketadi. Oqibatda, oğir tan jarohatlari olgan qizça voqea joyida halok bölgan.
Xatirçidagi halokat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalişi ortidan juda köp faolllar qoidalarni buzib harakatlanadigan, odam bosib öldiradigan haydovçilarga nisatan jazolar keskinlaştirilişi lozimligini aytib çiqişdi. Ayrim blogerlar esa respublika YHXBBni tarqatib yuboriş kerakligini ham yozişdi.








