BMT tuzilganida, uning boş vazifasi dunyoda tinçlikni saqlaş deb belgilangan edi, lekin haligaça insoniyatning uruşlardan boşi çiqmayapti. Kun.uz muxbiri Antoniu Guterrişning Özbekistonga taşrifi munosabati bilan, borgan sari köproq tanqidga uçrayotgan bu taşkilot haqida Senat raisining birinçi örinbosari, sobiq taşqi işlar vaziri Sodiq Safoyev bilan suhbatlaşdi.
Diplomat Safoyevga köra, BMT butunlay boşqa dunyo uçun tuzilgan edi. Bugun jahonda tartibot özgarib ketdi, taşkilot esa öz holiça qolmoqda.
Bundan 79 yil avval, Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan söng öşa vaqtdagi gigant davlatlar global taşkilot – Birlaşgan Millatlar Taşkilotini tuzişga qaror qilişadi. 1945 yilning 24 oktyabrdan e’tiboran tuzilma öz faoliyatini rasman boşlaydi. Bugunga kelib BMTga 193 ta davlat a’zo. Taşkilotga a’zolik xalqaro maydonning teng huquqli sub’yekti imijini beradi.
BMT Nizomiga köra, tuzilmaning asosiy vazifasi – insoniyatni uruş degan balodan asraş, uruşni keltirib çiqaruvçi omillarga qarşi kuraşiş, xalqaro xavfsizlikni ta’minlaş, dunyo tinçligi uçun kollektiv çoralarni körişdan iborat. Lekin ayni damda insoniyat baribir uruşlar, nizolardan aziyat çekmoqda. Jonlar qurbon bölmoqda, insonni öldiriş uçun pul tikilyapti. Bu esa, albatta, xalqaro taşkilot va “Tinçlik saroyi” deyiladigan BMTning nufuzi va obröyiga soya soladi.
Sodiq Safoyevga köra, BMTni isloh qiliş davri allaqaçon yetib kelgan. Çunki taşkilot butunlay boşqa dunyo uçun tuzilgan. Bundan taşqari, BMTning muhim operatsion tuzilmalari köproq donor davlatlar – boy va gigantlar manfaatini közlaşi bilan xuddi “elitalar klubi”ga öxşaydi,
Şuningdek, suhbatdoşimiz fikriça, xalqaro muammolarga yeçimni faqat BMTdan izlaş va kutiş – katta xato.
“Yoşligimizda şunday odamlar bölardi, men poytaxtga xat yozaman. Agar u yerda ham hal bölmasa, BMTga çiqaman, deyişardi. Bu xato va notöğri tuşuniş. BMT – bu xalqaro hukumat emas”, deydi u.
BMTning boş ma’muriy xodimi – boş kotib hisoblanadi. Portugaliyalik diplomat Antonio Guterriş 2017 yildan beri uşbu lavozimda faoliyat yuritmoqda. U 30 iyun–1 iyul kunlari Markaziy Osiyoga safari doirasida Özbekistonda böldi. Prezident Şavkat Mirziyoyev uni oliy darajadagi “Döstlik” ordeni bilan taqdirladi. Safoyevga köra, uçraşuvlar davomida Guterriş özining birinçi marta Özbekistonga sayyoh sifatida kelgan davrlarini yodga olgan.
“Birinçi marta Özbekistonga sayyoh sifatida bundan 20 yil oldin kelgandim. Hozirgi davlat bilan soliştirib bölmaydi, özgarişlar katta”, deya Guterrişdan iqtibos keltiradi Senat raisining birinçi örinbosari.
Bundan taşqari, Safoyev BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zolari hali-hanuz özgarmay kelayotgani, Hindiston, Yaponiya, Germaniyadek global kuçlarning ham bu tuzilmada yöqligi, doimiy a’zolarning veto huquqi köplab masalalarni boşi berk köçaga kiritib qöyayotganini aytdi.
“Kun kelib Özbekiston ham uşbu kengaş a’zosi bölişi kerak”, – deydi Safoyev.
Şohrux Majidov suhbatlaşdi.






