«Şubhasiz, har bir inson uçun mamlakatimiz katta qayta yangilaniş ötkaziş zaruriyati borligi tuşunarli. Biz aslida kimligimizni qayta kaşf qilişimiz kerak... Bu mamlakatning kuçli tomonlaridan biri doimo tinç suvlar tomon yöl topa oliş bölib kelgan. Lekin baribir bu siyosatçilarga boğliq, ayniqsa, men kabi barqarorlik va mö’tadillik yölini tanlaydigan, tanlangan yölni qay onda özgartiriş kerakligini anglaydigan siyosatçilarga», — deya Starmerning sözlaridan iqtibos keltirmoqda The Guardian.
Uning sözlariga köra, yangi hukumat «doktrinalar yuki ostida qolmaydi» va faqat fuqarolar manfaatini közlab harakat qiladi. Starmer şuningdek Buyuk Britaniya hukumati «milliy yangilaniş missiyasi»ga sodiq qolişini aytgan.
Kir Starmer 4 iyul kuni bölib ötgan muddatidan avvalgi parlament saylovlarida Leyboristlar partiyasi ğalaba qozongaç, boş vazirga aylandi. Leyboristlar 412 ta öringa ega bölişdi (avvalgisidan 211 ta mandatga köproq), bungaça ular 14 yil davomida muxolifatda bölişgan. Konservativ partiya parlamentda 250 örnidan judo bölib, atigi 121 ta örinni qölga kiritişgan. Starmer allaqaçon qirol Çarlz III dan yangi hukumatni şakllantiriş uçun mandatni qölga kiritdi. U mamlakat tarixida leyboristlardan saylangan yettinçi boş vazir böldi.








