Beni Gans Ğazo sektorida 2023 yilning 7 oktyabridan buyon garovda uşlab turilgan isroilliklarni qaytariş uçun HAMAS bilan har qanday kelişuvni ma’qullaşini aytgan, deb yozadi Anadolu agentligi.
Isroil armiya radiosi ma’lumotlariga köra, Gans telefon orqali Binyamin Netanyahu bilan HAMAS bilan garovdagilarni ozod qiliş böyiça bölib ötadigan kelişuvlarning «keng konturlari»ni muhokama qiliş suhbatlaşgan.
Suhbat asnosida Gans uning partiyasi isroillik tutqunlarni ozod qilişni ta’minlovçi har qanday kelişuvni töliq qöllab-quvvatlaşini e’lon qilgan. Şuningdek, asirlar almaşinuvi böyiça kelişuv parlament muhokamasiga qöyiladigan bölsa, uning partiyasi hukumatni töliq qöllab-quvvatlaşini aytgan.
Isroil xavfsizlik vaziri, ultraöng millatçi Itamar Ben-Gvir Netanyahuning asirlar almaşinuvi masalasi böyiça HAMAS bilan töğridan muzokaralar ötkaziş uçun Isroil delegatsiyasi vazirlar mahkamasi bilan maslahatlaşmasdan jönatilganini tanqid ostiga olgan va odatiga köra, Netanyahu boşqaruvidagi koalitsion hukumat tarkibidan çiqiş bilan tahdid qilgan.
Bungaça «Mossad» direktori David Barnea juma kuni Qatar poytaxti Doxa şahriga Tel-Aviv va HAMAS örtasida asirlar almaşinuv masalasini muhokama qiliş uçun jönatilgan edi.








