Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştirişda davom etamiz.
Ğazodagi vaziyat
Isroil delegatsiyasi boşi berk köçaga kirib qolgan muzokaralarni davom ettiriş uçun Qatarga keldi. Ğazo böyiça muzokaralarda iştirok etiş uçun “Mossad”ning rahbari David Barnea kelgan.
Bu haqda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu AQŞ prezidenti Jo Baydenga xabar bergan, deb yozadi Reuters.
Agentlik manbasining ta’kidlaşiça, HAMAS taklif etilgan kelişuv şartlariga ayrim özgartirişlar kiritgaç, kelişuvga erişiş uçun real imkoniyatlar paydo bölgan.
Isroilning muxolifatdagi “Milliy birlik” partiyasi yetakçisi Benni Gans garovda uşlab turilgan isroillik fuqarolarni qaytariş uçun HAMAS bilan har qanday kelişuvni qöllab-quvvatlaşini ma’lum qilldi. U bu borada Netanyahu bilan muhokama ham ötkazgan.
Agar garovda uşlab turilganlarni almaşiş böyiça kelişuv parlament muhokamasiga qöyiladigan bölsa, u hukumatni töliq qöllab-quvvatlaşini ham ma’lum qilgan.
Buyuk Britaniyada boş vazir özgardi
Leyborist Kir Stamer partiyasi bilan saylovlarda ğalaba qozongaç, Starmer qirol Çarlz III dan yangi hukumatni şakllantiriş uçun mandatni qölga kiritdi.
Buyuk Britaniyaning leyboristlar partiyasi rahbari Kir Starmer rasman mamlakat boş vaziri lavozimiga kirişdi va millatga murojaat bilan çiqiş qildi. U millatga katta qayta yangilaniş zarurligini ta’kidladi.
«Şubhasiz, har bir inson uçun mamlakatimiz katta qayta yangilaniş ötkaziş zaruriyati borligi tuşunarli. Biz aslida kimligimizni qayta kaşf qilişimiz kerak... Bu mamlakatning kuçli tomonlaridan biri doimo tinç suvlar tomon yöl topa oliş bölib kelgan. Lekin baribir bu siyosatçilarga boğliq, ayniqsa, men kabi barqarorlik va mö’tadillik yölini tanlaydigan, tanlangan yölni qay onda özgartiriş kerakligini anglaydigan siyosatçilarga», — deya Starmerning sözlaridan iqtibos keltirmoqda The Guardian.
Uning sözlariga köra, yangi hukumat «doktrinalar yuki ostida qolmaydi» va faqat fuqarolar manfaatini közlab harakat qiladi. Starmer şuningdek Buyuk Britaniya hukumati «milliy yangilaniş missiyasi»ga sodiq qolişini aytgan.







