Sözi avvalida Özbekiston prezidenti tadbirni yuksak darajada taşkil etagani uçun Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevga samimiy minnatdorlik bildirdi.

«Sizlar bilan turkiy dunyoning madaniyat poytaxtlaridan biri bölgan Şuşa şahrida körişib turganimizda çuqur ma’no mujassam. Gözal Qoraboğning durdonasi hisoblangan bu muqaddas şahar Ozarbayjon xalqining sönmas jasorati, tengsiz matonati, çin mardlik va birdamligini yaqqol namoyon etgan tarixiy ğalabaning yorqin timsolidir.

XX asrning buyuk siyosat va jamoat arbobi, mustaqil Ozarbayjon davlatining asosçisi, muhtaram Haydar Aliyev ta’biri bilan aytadigan bölsak, «Şuşasiz — Qoraboğ, Qoraboğsiz Ozarbayjon bölmaydi», dedi Mirziyoyev öz nutqida.

Mirziyoyev tarixiy adolat qaror topgan va yana Ozarbayjon bağriga qaytgan Qoraboğda hurmatli Ilhom Aliyev rahbarligida amalga oşirilayotgan ulkan bunyodkorlik işlariga, me’moriy obidalar va madaniy yodgorliklarni qayta tiklaş borasidagi mislsiz jonbozlikka keça bevosita guvoh bölganiga urğu berdi.

«Bunday ezgu işlaringiz yaqin döstlar sifatida barçamizga albatta çeksiz quvonç va ğurur bağişlaydi. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va alohida e’tiborimiz bilan uşbu bebaho şahar timsolida butun Qoraboğ kelgusida abadiy döstligimizning çinakam ramziga aylanişiga işonaman», — dedi Mirziyoyev.

Mirziyoyev Özbekiston beş yil muqaddam aynan Ozarbayjon zaminida Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo bölib kirgani, ötgan qisqa davrda 30 dan ortiq muhim yönalişlarda özaro manfaatli va keng qamrovli hamkorlikni yölga qöyilganini ta’kidladi.

«Uşbu sammitimiz global xavf va xatarlar ortib, özaro işonç inqirozi tobora kuçayib borayotgan bir şaroitda ötmoqda. Bunday murakkab vaziyatda azaliy qardoşlik ruhidan kuç olayotgan aloqalarimizni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişni, umumiy yondaşuvlarni işlab çiqişni davrning özi taqozo etmoqda. Şu ma’noda, bugungi yiğilişimiz «Transport, özaro boğliqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etiş» şiori ostida ötayotgani dolzarb ahamiyatga ega», dedi Mirziyoyev va ustuvor masalalarni sanab ötdi.

Savdo va transport yöllarini rivojlantiriş

Taşkilotga a’zo mamlakatlar örtasida savdo hajmi barqaror ösmoqda. Ötgan yil yakunlariga köra, umumiy özaro tovar aylanmasi hajmi 27 foizga oşgan. Bunday yuqori ösiş sur’atlari joriy yilda ham kuzatilmoqda.