Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammiti doirasida Vengriya boş vaziri Viktor Orban bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvda Özbekiston – Vengriya köp qirrali munosabatlarining dolzarb masalalari körib çiqilgan.
«Mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklik va amaliy hamkorlik izçil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Barça darajalarda faol muloqotlar davom etmoqda. May oyida Toşkent şahrida qöşma Hukumatlararo komissiya yiğilişi va biznes forumi samarali ötkazildi», deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, ikki mamlakat örtasida keyingi yillarda tovar ayirboşlaş hajmi qariyb ikki barobar oşgan, qöşma loyiha va korxonalar soni ham köpaygan. Joriy yilning 30 iyunidan Toşkent va Budapeşt örtasida töğridan-töğri aviaqatnovlar tiklangan.
Uçraşuvda Turkiy davlatlar taşkiloti va Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşilgan.








