30-oktabr kuni Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) Davlat rahbarlari kengaşi Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Mirvohid Azimovni taşkilotning yangi Boş kotibi etib tayinladi. Kotibiyat tayinlov sammit qarori tasdiqlanişiga boğliq ekanini qayd etgan.
Kotibiyatning yozişiça, Azimov taşkilot tuzilmasi, ustuvor yönalişlari va hamkorlik mexanizmlarini yaxşi biladi. U 2022-yil noyabridan beri bu lavozimda işlab kelgan qirğizistonlik diplomat Qubaniçbek Ömuraliev örnini egallaydi.
Bundan avval TDT Oqsoqollar kengaşi raisi, Turkiyaning sobiq boş vaziri Binali Yildirim Facebook sahifasida Azimov tayinlanişi kutilayotganini yozgandi. Uning maʼlum qilişiça, TDT taşqi işlar vazirlari kengaşi 29-oktabr kuni, Turkiya Respublikasi eʼlon qilinganining 103-yilligida Anqarada yiğilgan. Yildirim Ömuralievga faoliyati davomida qöşgan hissasi uçun minnatdorlik bildirgan. Azimovga esa yangi lavozimida omad tilagan.
Mirvohid Azimov 1980-yilda Toşkentda tuğilgan. U 2020-yil oktabridan qariyb olti yil TDT Boş kotibi örinbosari bölib işlagan. 2026-yil may oyida esa Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari etib tayinlangandi.

















