Taʼkidlaş joizki, Özbekiston Respublikasining TDTga tölaqonli aʼzo bölib qöşilişi taşkilot faoliyatini sifat va mazmun jihatidan yuqori bosqiçga kötarilişiga olib keldi. Özbekiston bugungi kunda TDTning eng faol, taşabbuskor va drayver iştirokçilaridan biriga aylandi.

Davlatimiz rahbarining taşkilot doirasidagi hamkorlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan taşabbus va takliflari aniq loyihalar, bitimlar va qöşma dasturlar şaklida hayotga tatbiq etilayotgani aʼzo davlatlar tomonidan yuqori baholanmoqda.

Transport-logistika tizimini rivojlantiriş, savdo tösiqlarini bartaraf etiş, erkin savdo hududlarini yaratiş va bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş, madaniy-gumanitar va ilmiy aloqalarni yanada kengaytiriş, xavfsizlikka tahdidlarga qarşi kuraş kabi Özbekiston tomonidan ilgari surilgan takliflar taşkilot doirasida izçil amalga oşirilayotani buning yaqqol namunasidir.

30-oktabr kuni Anqara şahrida bölib ötgan TDTning 13-sammitida ham prezidentimiz tomonidan turkiy davlatlar örtasidagi munosbatlarni yanada mustahkamlaşga qaratilgan bir qator taklif va taşabbuslar ilgari surildi.

Özbekiston rahbari TDTga aʼzo davlatlarni strategik maqsadlar atrofida yanada jipslaşiş va xalqaro maydonda umumiy manfaatlarni birgalikda ilgari surişga çorladi.

Bu borada "Turkiy davlatlar taşkiloti plyus" formatida uçinçi davlatlar bilan hamkorlikni tarmoq vazirlarining uçraşuvlaridan boşlaş taklif etildi. Bu formatdagi muloqotlar savdo, transport, investitsiya va boşqa ustuvor yönalişlarda aniq qöşma loyihalarni amalga oşirişga qaratilişi lozimligi taʼkidlandi.

100 ta strategik qöşma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab olgan "Turkiy dunyo - 100" dasturini qabul qiliş, Turkiy investitsiya jamğarmasi va xalqaro moliya institutlari resurslarini uşbu loyihalarni amalga oşirişga yönaltiriş taklif etildi.

"Tijorat işlari böyiça özaro huquqiy yordam töğrisida"gi köp tomonlama şartnomani işlab çiqiş hamda huquqiy yordam sörovlari va hujjatlarni elektron almaşişga möljallangan raqamli platformani taşkil etiş taşabbusi ham ilgari surildi.

Şarqiy va Markaziy Osiyo mintaqalarini Janubiy Kavkaz, Turkiya va Yevropa bilan boğlaydigan Örta koridorni yaxlit iqtisodiy tizimga aylantiriş maqsadida “Turkiy davlatlar logistika komplekslari tarmoği”ni taşkil etiş va birgalikda boşqariş taklif qilindi.

Turizm salohiyatini kengaytiriş maqsadida “Turkiy turizm alyansi”ni tuziş, şuningdek, aholining özaro safarlarini soddalaştiriş va ID-kartalar asosida safar qiliş imkoniyatlarini kengaytiruvçi köp tomonlama bitim işlab çiqiş taklifi iştirokçilarda katta qiziqiş uyğotdi etildi.