Danmarks Radiöning xabar berişiça 26 mlrd Daniya kronasi (yoki 2,5 mlrd yevro/3,75 mlrd dollar) mablağ fin bankining Daniyadagi şu’ba bölimiga 2012 yildan 2015 yilgaça ötkazilgan va «köpsonli» rossiyalik mijozlar bilan boğlangan.

Nordea’ga qarşi ayblovni Daniya politsiyasining jinoyatçilikka qarşi kuraşuvçi maxsus bölinmasi (National Unit for Special Crime, NSK) ilgari surgan. Iş mamlakatning moliyaviy tartibga soluvçi taşkiloti (Financial Supervisory Authority, FSA) tomonidan ma’qullanganidan söng sudga ötkaziladi.

Aniqlangan Nordea tomonidan pul yuviş holati Daniya bank sektoridagi eng yirigi hisoblanadi, deyiladi NSK relizida. Idoraning qöşimça qilişiça, bank Kopenhagendagi ofisi orqali rossiyalik mijozlari operatsiyalar ustidan «adekvat nazorat» örnatişga ojiz bölgan, şuningdek Daniya hukumati «ogohlantirişlarini e’tiborsiz qoldirgan». Mamlakat moliyaviy nazorat organi Nordea’ning şubhali operatsiyalari borasida politsiyaga 2016 yildayoq murojaat qilgan.

Nordea Rossiyada 1994 yildan boşlab işlay boşlagan, 2010-yillarda esa uning Rossiyadagi şu’basi mamlakatning top-30 banklari sirasiga kirgan. Qrim anneksiya qilingaç va ğarb sanksiyalarining birinçi tölqinidan söng fin guruhi sekin-asta Rossiyadagi biznesini yiğiştira boşlagan, 2020 yilga kelib Rossiyadagi şu’ba bölimini yopişga qaror qilgan.

Nordea manziliga ayblov Şimoliy Yevropa banklari orqali Rossiya pullarini yuviş bilan boğliq eng yirik mojaro böldi. 2018 yilda Rossiya va sobiq ittifoq fuqarolari bilan boğliq şubhali tranzaksiyalar Estoniyaning Danske Bank bölimida ham aniqlangan edi.

2022 yilning dekabrida bank firibgarlik operatsiyalarida aybi borligini tan oldi va AQŞ, Daniya va Estoniya hukumatlarining e’tirozlaridan qutuliş uçun 2 mlrd dollar jarima tölagan edi.