Joriy yilning sentabr oyidan boşlab Özbekistonning bir neçta hududlarida, jumladan Jizzax va Termiz şaharlarida Yagona billing (tölov) tizimi işga tuşirildi. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzuridagi «Kommunxizmat» agentligi rahbari Nodir Hojamov Kun.uz'ga ma'lumot bergan.

Bir neça oylar davomida Osiyo Taraqqiyot bankining moliyaviy kömagi asosida işlab çiqilgan loyihaning texnik yeçimlari Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan tayyorlangan. Yagona billing tizimning qulaylik jihati şundaki, uning markaziy axborotlar omborida barça iste'molçilarning ma'lumotlari aniq qayd etib boriladi. Agar qarzdorlik holati kuzatilsa, atrofdagi iste'molçilarga ta'sir qilmagan holda, aynan qarzdor iste'molçiga yetkazib berilayotgan kommunal xizmat vaqtinça töxtatib qöyilişi mumkin. Bu jarayonlarga inson omili ta'sir ötkazmaydi.

Mutasaddi vakilning aytişiça, tez orada Jahon bankining moliyaviy kömagi bilan Samarqand, Sirdaryo va Buxoro viloyatida ham uşbu loyiha işga tuşişi kutilmoqda. Şuningdek, 2018 yilning sönggi qadar Respublikaning 8ta viloyatida loyiha töliq işga tuşirilişi rejalaştirilgan.

Vazirlikning ma'lumot berişiça, «Özbekenergo» va «Öztransgaz» kompaniyalari bilan hamkorlikda Yagona billing tizimini joriy etiş işlari 2019 yilning yanvar oyiga qadar tabiiy gaz va elektr energiyasini yetkazib beriş sohasida ham yakunga yetadi.