Şunday bölişi aniq edi. Çunki, elektr energiyasiga may oyidan boşlab limit joriy qilingan, oldindan tölov 2 oyga amal qilişi belgilangan, şu sababli odamlarning köpçiligi may oyini eski narxda, limitlarsiz ötkazib olgandi. Iyundan boşlab esa «çöntaklarga zarba» boşlandi.

Hozir köpçilik limitni umuman bekor qilişni talab qilmoqda. Oldinga ötib fikr bildirsam, ijtimoiy me’yorni bekor qilmaslik kerak, lekin piça oşiriş kerak, deb öylayman. Quyidaa şu va boşqa xususiyatlar haqida.

Xöş, nega 1 iyulda hali işlatilmagan kilovatt-soatlar qöşilib qolmoqda?

Buni osongina tuşuntiriş mumkin. Bu qandaydir taxminan paydo bölgan yoki elektr ta’minoti korxonasidagilar işlatilmagan tok uçun odamlarning böyniga osmondan olib yozib qöyayotgan sonlar emas. Hammasi faktik hisob-kitob asosida. Faqat bu avvalgi oyning sönggi kuni — 30 iyun sanasida iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori.

Kompyuter sutkani töliq yakunlamasdan uni hisoblab ololmaydi. Sutka yakunlanib, soat 00:00 bölganda esa sana 1 iyulga özgaradi va şu kunga yozib qöyiladi.

Albatta, har oyning dastlabki sanalarida «Hududiy elektr tarmoqlari» ma’lumotlarni qayta işlaş markazida profilaktika işlarini olib boradi va hisoblangan elektr energiyasi sarfi korrektirovka qilinadi.

Xöp, bunisi tuşunarli. Narxlar 1 iyuldan barça uçun barobar qimmatlaşdi. Limitlar töliq joriy etildi. Endi odamlarni «çaqa» boşladi. Ular tez-tez tölov qilişga majbur bölişmoqda. Elektr energiyasi nazorati esa avtomatlaşgan: oldindan tölov bölmasa — tok uzib qöyiladi.

Bu holda elektr energiyasi, nafaqat elektr, gaz, suv va hokazolar hisobini kuzatişning soddaroq va osonroq yölini aholiga taqdim etiş kerak endi tezroq.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 sentabrdagi «Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini taşkil etiş töğrisida»gi 726-sonli qarori bilan bir qator vazirlik va idoralarga 2018 yil 1 avgustgaça yagona billing tizimini işlab çiqiş, 2019 yilning 1 yanvarigaça elektr va gaz ta’minoti korxonalarining axborot tizimlari va bazalarini ulaş, 2021 yil 1 yanvargaça içimlik suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti bazasini ulaş topşiriği berilgan edi. Qoğozda qolib ketdi.

Aslida, bunday tizimni yaratişning mutlaqo qiyin joyi yöq. Öğirlab, yovuz niyatlarda işlatiş mumkin bölgan ma’lumotlar ham emas.