«Mening missiyam (Kiyev va Moskvaga safarlari) Ukrainadagi jang maydonlarida bölajak avj olişlar oldidan özini oqlaydi: kelgusi bir neça oy içida frontda vaziyat yanada oğirlaşadi. Qurol-yaroğlar tobora köpaymoqda, ruslar tobora qat’iyatli bölib bormoqda. Qarama-qarşilik energiyasi, ölimlar soni, qurbonlar soni sönggi yetti oy içida röy berganidan köra orta boşlaydi.
Men ham Ukraina, ham Rossiya prezidenti bilan suhbatlaşiş imkoniyatiga ega böldim. Işoning, keyingi ikki-oç oy içida biz kutganimizdan ham qonli töqnaşuvlar böladi. Hozir uruş siyosatidan tinçlik siyosatiga ötişning ayni vaqti».
«[Kiyev va Moskvaga qilingan] taşriflarning boş sababi — insonlarning qurbon bölayotgani. Bu eng muhim ma’naviy sabab. Bularning qatorida Yevropa manfaatlari ham bor, çunki Ukrainada bölayotgan işlar biz uçun juda yomon».
«Mojaroni frontda hal qilişning imkoni yöq. Mening Moskva va Kiyevga xitobim: «Hamma ham inson, barçamiz tinçlikni istaydi, bir-birlaringni öldirişni bas qilinglar. Muzokara boşlaylik. Heç bölmasa, harbiy yeçim yöqligini tuşuninglar».
«Putinda bölayotgan işlar borasida va Rossiya yengişi töğrisida aniq taassurot bor. Zelenskiy ham şunday: u ham Ukraina yengadi, degan umidda».
«Putin yengila olmaydi. Uning askarlari, texnikasi va texnologiyasiga qarang. Rossiyani yengiş?! Buni tasavvur etiş ham qiyin».
«Har ikki yetakçi [Putin va Zelenskiy] öt oçişni tez orada töxtatişga qarşi çiqmoqda, lekin hattoki ular ham ertaga ertalabdan boşlab birorta rus va ukrain askari ölmasa yaxşi bölişini tuşunişadi».
«Dunyoda Rossiya haqida vengrlar va ularning boş vaziridan yaxşiroq biladigan odamlar juda kam. Men ruslarni bilaman. Ular bizdan mutlaqo bölakça. Ularning tarixi bölak, madaniyati bölak, instinktlari va nuqtayi nazari bölak. Ularda ozodlik va milliy suverenitet tuşunçasi ham boşqaça.
Buni Merkel ham bilar edi. Agar u kansler bölib turganida Putin bu uruşni boşlamasdi. Merkel ğarbdagilarning Rossiyaga liberal demokratiya kerak, degan ahmoqona ğoyasini umuman tuşunmas edi».
«Men Donald Trampning Oq uyga qaytişidan umid qilaman. U biznesmen, u hamma narsaga öz kuçi bilan erişgan va barça narsaga özining yondaşuvi bor. Bu esa jahon siyosati uçun yaxşi jihat. AQŞ prezidenti bölib turganida u jahonning eng murakkab mintaqalaridagi eski mojarolarda tinçlik örnatilişi uçun köp işlar qildi. Mana, nima uçun men unga juda işonaman».








