Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştirişda davom etamiz.

Ğazodagi vaziyat

Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar qayta boşlanadi. Yangi hafta içida Doha va Qohirada Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça muzokaralar qaytalanişi kutilmoqda. Sönggi oylardagi kelişuvga muvaffaqiyatsiz urinişlardan söng HAMAS va Isroildan bu masalada egiluvçanlik körsatiş kutilmoqda.

AQŞ, Misr va Qatar vositaçilari iştirokida yaqin oylar içida tomonlar çeklangan kelişuv işlab çiqişi rejalaştirilmoqda. Muzokaralarning yakuniy bosqiçida yetakçi vositaçilar — AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Uilyam Byorns, Misr Markaziy razvedka boşqarmasi rahbari Abbos Komil va Qatar boş vaziri Muhammad ibn Abdurrahmon Ol Soniy, şuningdek, «Mossad» rahbari Devid Barni hamda yetakçi Ismoil Haniya boşliq HAMASning yetakçi mansabdorlari qöşilişi kutilmoqda.

HAMAS kelişuvning birinçi fazasi yakunida Isroil öt oçişni doimiy töxtatişga amal qiliş töğrisida yozma majburiyat beriş töğrisida öz pozitsiyasini yumşatganidan söng kelişuvga erişiş imkoniyatlari keskin ortgan.

Biroq, Ğazoni uruşdan keyin boşqariş borasida juz’iy qarama-qarşiliklar ham bor. Bu yerda HAMAS özining faol rolini körmoqda, şuningdek, Isroil qöşinlari anklavdan töliq olib çiqilişini istamoqda.

Bu orada Ğazodagi uruş qurbonlari soni 38 ming 153 nafarga yetgani ma’lum qilindi. Yaradorlar 87 ming 828 nafarni taşkil etmoqda. Sönggi sutka içida Isroil armiyasi uçta ommaviy qirğin ötkazgan. 55 kişi öldirilgan, 123 kişi yarador qilingan.

Fransiyadagi saylovlar

Fransiyada muddatidan avval ötkazilgan parlament saylovlari yakunlari e’lon qilindi.

Saylovda eng yaxşi natijani «Yangi xalq fronti» partiyasi namoyiş etdi va 182 ta deputatlik mandatini qölga kiritdi. Ikkinçi örinda — amaldagi prezident Emmanuel Makronning «Birgalikda respublika uçun» markazçi koalitsiyasi. Ular 168 ta öringa ega bölişmoqda. Öngçilar Marin Le Pen va Jordan Bardellaning «Milliy uyuşma» partiyasi 143 ta joy oladigan böldi. Qolgan mandatlarni mustaqil deputatlar va kiçik partiyalar vakillari bölib olişgan.