8 iyul tongida Rossiya qöşini Kiyev hamda Ukrainaning boşqa şaharlari böylab yopirilma raketa zarbasi yölladi. Sönggi ma’lumotlarga köra, Kiyevda 17 kişi halok bölib, 41 kişi jarohatlangan, deb xabar qildi Kiyev şahri harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko.

Kiyevda havo hujumidan mudofaa vositalari işlagan, deya xabar beradi şahar harbiy ma’muriyati. Ma’muriyat ma’lumotiga köra, urib tuşirilgan raketa parçalari Solomenskiy, Dniprovskiy, Darnitskiy, Svyatoşinskiy, Desnyanskiy, Şevçenkovo va Goloseyevskiy rayonlariga tuşgan.

Şahar harbiy ma’muriyatiga köra, Solomenskiy rayonida ofislar binosi hujumga uçragan, köp qavatli binoning ikki qavati şikastlangan, 1500 kvadrat metr maydonda vayrongarçiliklar qayd etilgan. Bu yerda yetti kişi halok bölgan. Rasmiylar Goloseyevskiy rayonida parçalar turar joy atrofiga tuşib, garajga zarar yetkazgani, avtomobillar yonib ketgani, Dneprovskiyrayonida qurilayotgan binoda yonğin çiqqani, Darnitskiyda xususiy uy zarbaga uçragani, Desnyanskiyda — uylardan biri yonib ketgani, Svyatoşinskiy rayonida turar joy binosi atrofida va korxonalardan birida yonğin çiqqani haqida xabar berişgan.

Kiyev, 2024 yil 8 iyul
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi turar joy binolaridan biri raketa zarbasidan keyin, 2024 yil 8 iyul
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Tibbiyot xodimlari Kiyevdagi raketa zarbasidan jabrlanganlarga yordam körsatmoqda, 2024 yil 8 iyul
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevning Şevçenkovo rayonida köp kvartirali turar joy şikastlangan, deb xabar bergan şahar rahbari Vitaliy Kliçko. Bir neça pod’yezd şikastlangan, ulardan biri töliq qulab tuşgan. Uyda yaşovçilar evakuatsiya qilingan.

Kiyevda raketa zarbasi oqibatida Goloseyevskiy va Şevçenkovo rayonlarida uçta transformator nimstansiyalari, şuningdek elektr tarmoqlari töliq vayron bölgan yoki şikastlangan, deb xabar beradi DTEK energetika kompaniyasi. «Energetiklar joyida işlamoqda. Uylarning köpçiligiga yaqin vaqtlar içida zaxira manbalari hisobiga elektr yetkazib beriladi», — deyiladi kompaniya xabarida.