Toşkent şahrida yoşi katta ayolga şilqimlik qilgan erkak ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud qarorida keltirilişiça, 1969 yilda tuğilgan R.S. 2024 yilning 4 iyul kuni Mirzo Uluğbek tumani, Jasorat mahallasidagi köp qavatli uylardan birida yaşovçi 80 yoşli ayoldan uyining hojatxonasidan foydalanib olişni iltimos qilgan. Ayol xöp deya uni uyiga kiritgan. Biroq erkak hojatxonadan foydalanmasdan, kiyimlarini yeçib, ayolga şahvoniy şilqimlik harakatlarini qilgan.

Sudda söralgan erkak aybiga iqror bölib, kelgusida bu kabi holatni boşqa takrorlamaslikni aytgan hamda suddan öziga nisbatan yengillik berişni söragan.

Jabrlanuvçi ayol esa sudda 80 yoşda ekanligini, hojatxonasidan foydalanişga ruxsat sörab uyiga kirgan erkak unga şilqimlik qilganini bildirgan. Ayol öz körsatmasida erkakka öğli kelib qolmasdan uydan çiqib ketişini aytganini, ammo u çiqib ketmaganligini, söngra qöşnilarini çaqirib, içki işlar organiga xabar berganligini ma’lum qilgan. U  huquqbuzarni keçirmasligini va qonuniy çora körişni söragan.  

 Jinoyat işlari böyiça Mirzu Uluğbek tuman sudining 2024 yil 5 iyuldagi qarori bilan R.S. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasida (şahvoniy şilqimlik) hamda 194-moddasining 1-qismida (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan. Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Oldinroq Toşkentda xaridor ayolga şilqimlik qilgan tarvuz sotuvçi qamalgani xabar qilingandi.