Namanganda noyob qiliçlar va Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana öntaga ortgan.



Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qiliç jangdan çiqqan holatda saqlangan. U qattiq pölatdan Axsikent temirçilari tomonidan yasalgan. Dunyo pölat markazi sifatida tan olingan Axsikentning yumşoq va qattiq pölati maşhur. Uning yaratilişi esa hozirgaça sir.
Ikkinçi qiliç esa XIV asrga oid bölib, uni Amir Temurning xos askarlari işlatişgan.
Topilgan Baqtriya tangasi 475-600 yillarga, Xitoy tangasi esa XIX asrga oid. Uçta nodir kitob ilm-ma’rifatga, falsafa va tarixga oid bölib, ularda noyob ilm bitilgan.














