Ukrainadagi uruşning 866-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qöşini Ukraina böylab yopirilma raketa zarbalari yölladi.
- Kiyevda Rossiya zarbasi oqibatida «Oxmatdet» bolalar şifoxonasi binosi vayron böldi. RF mudofaa vazirligi esa şifoxonaga ukrainlarning havo hujumidan mudofaa raketalari qoldiqlari tuşganini xabar qilgan — ammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvlarga köra, bu rossiyaliklarning X-101 raketasi töğridan töğri kelib urilişi bölgan.
- Viktor Orban Pekinga taşrif buyurdi va Si Jinping bilan uçraşdi. Bungaça u Kiyev va Moskvada bölgandi.
- Belgorod oblasti Nikolskoye qişloğida ukrainlar zarbasi oqibatida uç kişi halok bölgan.
- Hindiston boş vaziri Narendra Modi Rossiyaga uçib keldi va Vladimir Putin bilan muzokaralar ötkazdi.
- FSB Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan Tu-22M3 rusumli bombardimonçi samolyot olib qoçilişiga bölgan urinişning oldi olingani haqida e’lon qildi.
Rossiya qöşini 8 iyul kuni Ukraina böylab sönggi oylardagi eng yirik raketa zarbalarini yölladi. Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari qömondonligi ma’lumotiga köra, mamlakat böylab turli tipdagi jami 38 raketa yöllangan — şaharlarga ham qanotli, ham ballistik raketalar uçib kelgan, şundan 30 tasi havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali urib tuşirilgan. Zarbalar Kiyev, Dnipro, Kriviy Rih va boşqa şaharlarga kelgan. Ukraina hukumati bu zarbalar nişoni fuqarolik infratuzilmalari bölganini bildirdi. Kiyevda raketalardan biri «Oxmatdet» bolalar şifoxonasi binosini vayron qildi.
RF mudofaa vazirligi va Kreml esa Rossiya qöşini faqat «muhim infratuzilma obektlari, u yoki bu darajada harbiy salohiyat bilan boğliq bölgan harbiy nişonlar»ga zarba berişini aytişda davom etmoqda. Quyida Rossiyaning 8 iyul kuni Kiyev va Ukrainaning boşqa şaharlari böylab raketa zarbalari oqibatlari aks etgan suratlar.
Pokrovsk, Donetsk oblasti

Foto: Ukraina FVDX
Kiyev























