Yevro-2024da 4 ta jamoa qoldi. Championat jamoalarning öziga xosligini aniqlaş uçun statistikaga e’tibor qaratdi.
Ispaniya: hujum körsatkiçlari böyiça eng yaxşisi

• Ispaniyaliklar uşbu turnirda eng köp zarba (100 ta) va eng köp aniq zarba berişdi (35). Örtaça 90 daqiqada statistikaga qarasangiz ham, Ispaniya turnirning eng yaxşi jamoasi bölib qolmoqda.
• xG statistikasiga köra, eng köp golli vaziyatlarni ispanlar yaratgan (10,2 ta kutilgan gollar). Germaniya (9,7) va Portugaliya (9,5) uşbu körsatkiç böyiça kuçli uçlikdan joy olgan. Qolganlarda kutilgan gollar sakkiztadan kam.
• Turnirda qolgan futbolçilar orasida faqat ikkitasi uçta ogohlantiriş oldi. Va ikkalasi ham ispanlar (Dani Karvaxal va Rodri).
• Ispanlar eng köp qoida buzgan (74). Sariq kartoçkalar borasida ham peşqadamlik qilmoqda (13).
Fransiya: aniq uzatmalarda eng yaxşisi

• Fransiya milliy jamoasi öyindan birorta ham töp ötkazib yubormadi va xuddi şunday özi raqib darvozasini işğol etmadi ham.
• Lekin fransuzlarda vaziyatlar yetarli — ular xavfli uzatmalar böyiça peşqadamlik qilişmoqda (5 ta öyinda 294 ta). Ikkinçi örinda ispanlar joylaşgan (275).
• Yevro-2024 da heç kim Kilian Mbappedan (16) köra muvaffaqiyatli dribling amalga oşirmagan. Belgiyalik Jyeremi Doku ham xuddi şunday körsatkiçga ega.
• Yevro-2024da aniq paslarning eng yaxşi foizini fransuzlar (88,5%) qayd etib turişibdi.
• Turnirda qolgan öyinçilar orasida Oreliyen Çuameni raqib maydonida oldinga uzatmalar böyiça peşqadam (68). U bu borada faqat turnirni tark etgan Toni Kroosdan (74) ortda.
Angliya: eng köp qoidabuzarlik va töp uzatiş











