Prezident Şavkat Mirziyoyev budjet mablağlaridan foydalanilişi ustidan moliyaviy nazoratni kuçaytiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Bugun dunyodagi murakkab jarayonlar iqtisodiyotga ham öz ta’sirini ötkazmoqda. Mablağ topiş, jamğariş, köpaytiriş tobora qiyin bölib bormoqda. Bunday şaroitda bor manbalardan samarali foydalaniş, tejamkorlik va aniqlik yanada muhim.

Şu yil 16 yanvar kuni iqtisodiyotdagi ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida davlatimiz rahbari budjet xarajatlarining samaradorligi masalasiga alohida töxtalib, moliyaviy nazoratni kuçaytiriş böyiça topşiriqlar bergan edi.

Ma’lumki, bu vazifani Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi amalga oşiradi. Hozirgi tizimda faqat budjet va maqsadli jamğarmalar xarajati taşqi audit bilan qamrab olingan. Bu jami xarajatlarning 86 foizini taşkil etadi.

Şu bois Hisob palatasi tomonidan konsolidatsiyalaşgan budjet ijrosini taşqi auditdan ötkaziş taklif etilmoqda. Bu budjetdan taşqari jamğarmalar hamda taşqi qarz hisobidan xarajatlarni ham qamrab oliş imkonini beradi.

Hisob palatasi faoliyatida davlat dasturlaridagi milliy maqsad va vazifalarga erişişda yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarni baholaşga qaratilgan strategik audit hamda davlat taşkilotlaridagi dasturiy ta’minotlar samaradorligi böyiça axborot texnologiyalari auditi joriy etilişi möljallanmoqda.

Yurtimizda 30 mingga yaqin budjet taşkiloti va davlat korxonalari bölib, ularni joyiga çiqib örganişga köp vaqt va mablağ ketadi. Şuning uçun Hisob palatasida “Masofaviy nazorat markazi” işga tuşirildi. Endi ilğor xorijiy tajriba asosida 36 ta risk-tahlil mezonlari va indikatorlarini takomillaştiriş zarurligi ta’kidlandi.

Sönggi yillarda hududlar rivojiga katta mablağlar yönaltirilayapti. Lekin mahalliy kengaşlar budjet muhokamasida asosan viloyat yoki tuman budjeti bilan çeklanayapti. Bu – har bir hududga barça manbalardan berilayotgan mablağlarning 65-70 foizi ularning nazoratidan çetda qolayapti, degani.

Şu bois Hisob palatasi budjet jarayonini nafaqat Oliy Majlis palatalarida, balki mahalliy kengaşlarda ham muhokama qilib borişi kerakligi qayd etildi.