Özbekistonda tadbirkorlik subyektlarining öz huquq va manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining işlab çiqilişida iştirok etişi kafolatlandi.
17-avgust kuni imzolangan qonun bilan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi qonunga quyidagi mazmundagi 182-modda qöşildi:
“Tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boşqa çeklovlar yuklatilişini nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va tartibga soliş taʼsirini baholaş hisoboti bevosita tadbirkorlik subyektlarining hamda ular birlaşmalarining iştirokida muhokama qilinadi.
Tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boşqa çeklovlar yuklatilişini nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tartibga soliş taʼsiri böyiça baholaşdan ötkaziladi. Bunda uşbu hujjatlarning qabul qilinişiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari böyiça tartibga soliş taʼsirini baholaş natijalari yuzasidan xulosa beruvçi organlarning xulosalari mavjud bölgan taqdirda yöl qöyiladi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegişli loyihani işlab çiquvçi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatçilik muhokamasi uçun joylaştirilişi kerak, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni taşkil etuvçi loyihalar mustasno.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligi tomonidan ularning huquqiy ekspertizasi ötkazilişidan oldin Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoatçilik kengaşi muhokamasidan ötkazilişi kerak”.
Mazkur qonun 2026-yil 18-noyabrdan kuçga kiradi.
Maʼlumot uçun, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiliş huquqi Oliy Majlis palatalari, Prezident, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar hamda mahalliy hokimliklarga berilgan.













