Prezident Şavkat Mirziyoyev 9 iyul kuni geologiya sohasidagi işlar va investitsiya loyihalari ijrosi bilan tanişdi. Mutasaddilar yil boşida belgilangan vazifalarning bajarilişi yuzasidan davlat rahbariga axborot bergan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilişiça, ötgan 6 oyda respublikada qariyb 3 mln tonna kömir qazib olingan. “Şarğunkömir” AJda mexanizatsiyalaşgan yerosti komplekslari töliq işga tuşirilib, kömir qazib çiqariş bir keça-kunduzda 3,5 ming tonnaga yetkazilgan.

Ikkinçi yarim yillikda yana 5 mln tonnadan ziyod kömir qazib olinişi rejalaştirilgan. Şundan 1,8 mln tonna issiqlik elektr stansiyalariga, 1 mln tonnadan ortiği aholiga, 540 ming tonna ijtimoiy muassasalarga yetkazib beriladi, 1,8 mln tonna mahalliy kömir birja savdolariga çiqariladi.

Bu yil kömir qazib çiqariş ötgan yilga nisbatan 1,4 mln tonnaga köp bölib, import hajmi sezilarli qisqargan.

Tarmoqda qator investitsiya loyihalari ham amalga oşirilmoqda. Xususan, “Nişboş” konini özlaştirişga Xitoyning Henan kompaniyasi 400 million dollar töğridan töğri investitsiya kiritişi közda tutilgan. Bu loyiha samarasida yerosti usulida yiliga 8 mln tonnagaça kömir qazib çiqariş va şundan 5 mln tonnasini boyitiş rejalaştirilgan.

“Mamlakatda kaolinning ham katta zaxirasi mavjud. Hozirda konlarni özlaştirişga jalb qilingan tadbirkorlar tomonidan 396 ming tonna mahsulot qazib olinmoqda. Bu juda kam. Şu bois 2024—2025 yillarda Geologiya dasturi doirasida 7 ta kon taşabbuskorlarga taklif etiladi va bu orqali qazib oliş hajmi 2 mln 700 ming tonnaga yetkaziladi”, deyiladi xabarda.

Bundan taşqari, Toşkent viloyatidagi “Apartak-3” koni negizida Turkiyaning Bab Energy ve Petrol Urunleri A.S. kompaniyasi bilan hamkorlikda iş olib borilayotgani ta’kidlandi. 15 mln dollarlik mazkur loyiha natijasida 40 ta yangi iş örni yaratilib, yiliga 70 ming tonna boyitilgan kaolin tayyorlanadi.

Şu yil 29 aprel kuni bölib ötgan yiğilişda prezident sanoat uçun muhim minerallar masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi. Şundan söng, bu yönalişga ixtisoslaşgan “Özbekiston texnologik metallar kombinati” AJ taşkil etilgan. Ilmiy va texnologik tadqiqot hamda geologiya-qidiruv işlariga qaratilgan 40 mln dollarlik 34 ta loyiha işlab çiqilgan.