Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida sodir bölgan YTH video lavhalari tarqaldi. Unda körinişiça, Spark maşinasi yölni örta qismidan ajratib turuvçi kiçik beton tösiq ustidan qarama-qarşi tomonga ötib ketgan hamda ikkita maşina bilan töqnaşgan. 

Toşkent şahar IIBB YHXB yöl transport hodisasi böyiça dastlabki ma’lumotlarni ma’lum qildi. 

Qayd etilişiça, 9 iyul kuni soat 19:40larda Sergeli tumani Qipçoq köçasida 2 ta Spark va Honda maşinalari töqnaşgan. YTH oqibatida 3 nafar fuqaroga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinçi yordam körsatilgan. 

YTH yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari boşlangan. 

Holat böyiça qöşimça ma’lumot berilişi ma’lum qilingan. 

Avvalroq Toşkentda Spark haydovçisi ikki piyodani urib yuborgani xabar qilingandi.