Xususiy universitetlarga litsenziya beriş töxtatilgan. Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov “Lolazor”loyihasidagi suhbat davomida aytib ötgan. Şaripovning izoh berişiça, hozirgaça Özbekistonda xususiy oliygohlar yetarliça, endi ulardagi ta’lim sifati nazorati kuçaytirilyapti. Vazir oliygohlarda ta’lim sifati tuşib ketsa, kadrlar işsiz qolib ketişi, jamiyatda işsiz oliy ma’lumotlilar köpayib ketişi mumkinligini bildirgan.
“Şu sababdan hozir xususiy universitetlarga litsenziya beriş töxtatildi. Hozir bor universitetlar bilan işlanyapti. Ta’lim sifati nuqtai nazaridan barça oliy ta’lim muassasalari tekşiruvdan ötyapti. Qaysida salohiyat yetişmayotgan bölsa yoki hajmi köpayib ketayotgan bölsa, ularga xat berilyapti. Ma’lum bir vaqt içida töğrilaşsa, ularning faoliyatiga heç qanday xalaqit bölmaydi. Aytaylik, bunga javob bermaydiganlar sudga berilyapti. Sud jarayonida ular özlarini oqlasa, litsenziyasi saqlab qolinyapti. Qolmasa, bekor böladi”, – degan Qönğirotboy Şaripov.
Şuningdek, u mamlakatda davlat universitetlari bilan bor qatorda xususiylar ham bölişi muhimligini, nodavlat oliygohlar talabalarning xorijga ketib qolmasligiga yordam berişini, ular “balansni uşlab” turadi degan fikrdaligini qöşimça qilgan.
“Davlat universitetlarida talabalarning maksimal siğimini olib böldik. Aholi soni 2 barobar köpayib ketdi, lekin binolarni 2 barobar köpaytiriş qiyin. Ular qöşni davlatlarga çiqişni boşladi. Endi bularning hammasi ham öqiyaptimi? Firibgarlarga tuşib qolib, soxta diplom olayotganlar ham bor. Bu biz bilganlarimiz, bilmaganlarimiz ham bor. Mana şu muammoning yeçimi xususiy universitetlar oçilişi deb öylayman”, – degan vazir.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda 2023 yil fevral oyidan beri xususiy OTMga litsenziya berilmay kelayotgan edi. Lekin bu hali biror rasmiy minbarda tan olinmagandi.
Oldinroq, Kun.uz yopilayotgan nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida suriştiruv e’lon qilgan edi.













