Litva Kiyevdagi «Oxmatdet» bolalar kasalxonasi va Rossiya raketa zarbalari oqibatida vayron bölgan boşqa klinikalarni tiklaş uçun Ukrainaga 1 million yevro ötkazib berdi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Ingrid Şimonite e’lon qildi.

«Terrorçi davlatni töxtatişning yagona yöli Ukrainani ğalaba uçun qöllab-quvvatlaş. Ukrainani tiklaşning eng adolatli yöli esa agressorni qilgan işlari uçun tovon tölaşga majbur qiliş», dedi Litva boş vaziri bu yordam puli haqida e’lon qilar ekan.

Ma’lumot uçun, 8 iyul kuni Rossiya armiyasi Ukraina böylab navbatdagi seriyali raketa zarbalari yölladi. Raketalardan biri Kiyevdagi «Oxmatdet» bolalar kasalxonasiga tuşgandi. Ukraina xavfsizlik xizmatiga köra, Rossiya kasalxonaga X-101 raketasi bilan hujum qilgan. Idora raketa parçalarini ham körsatgandi.

Şuningdek, öşa kungi zarbalari vaqtida raketalardan biri «Isida» nomli tuğuruqxonaga tuşgan va ukrain naşrlariga köra yetti kişi vafot etgan.