Termiz xalqaro aeroportida aerodrom majmuasini rekonstruksiya qilişning oxirgi, uçinçi bosqiçi yakunlangandi. Uzbekistan Airports xabariga köra, bunda ikkinçi yuriş yölagi (PD-A) va asosiy yuriş yölagi uçastkasi qurilişi tugatilgan.
Qayd etilişiça, har bir yuriş yölagining tayanç qismi kengligi 23 metr, umumiy eni esa 44 metrni taşkil etadi, bu esa Boeing-787/777, Airbus-330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarga çeklovlarsiz yuriş imkonini beradi. Şuningdek, perronda uçta samolyotlar turar joylari qurilib, unga yoritiş moslamalari örnatilgan.
Kompaniyaga köra, rekonstruksiya uçun material sifatida uçiş-qöniş yölagi kabi sement beton işlatilgan. “Bu Surxondaryo viloyatining issiq iqlimida optimal yeçim bölib, uçiş-qöniş yölagi yanada mustahkam va bardoşliroq böladi”, – deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 2020 yil oxirida boşlangan rekonstruksiyaning ikkinçi bosqiçi 2022 yil dekabrida yakunlangandi. Öşanda 4E toifali aerodrom majmuasining katta qismi, jumladan, uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bölgan yangi uçiş-qöniş yölagi, yuriş yölaklari va uçta samolyot turar joyi uçun perron qurilgan.
Şuningdek, aerodrom zamonaviy CAT-I ICAO yoritiş tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qöniş tizimlari bilan jihozlangan. Ta’kidlanişiça, Termiz aeroporti aerodrom majmuasi oxirgi marta 1989 yilda rekonstruksiya qilingan.








