Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida 217 tup daraxt özboşimçalik bilan kesib taşlangani ma’lum böldi. Holat böyiça qözğatilgan jinoyat işi apellyatsiya sudida körib çiqilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boşqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Termiz şahar quriliş bölimi boşliği lavozimida işlagan şaxs “Mansur Tekstil Termiz” MÇJ rahbari bilan özaro til biriktirgan. Ular şaharning Döstlik mahallasida joylaşgan yuridik texnikum hududidagi daraxtlarni köçirişga uringan.

Bu maqsadda dastlab 20 mln sömlik şartnoma rasmiylaştirilgan. Biroq hududdagi daraxtlar viloyat Ekologiya hamda viloyat Milliy gvardiya boşqarmasi xodimlari tomonidan xatlovdan ötkazilib, ularni köçiriş va kesiş böyiça murojaat rad etilgan.

Şunga qaramay quriliş hududidagi 61 tup Eldor qarağayi, 36 tup Virgin arçasi, 101 tup Şarq biotasi, 16 tup çinor va 4 tup tut – jami 217 tup daraxt özboşimçalik bilan kesib taşlangan. Oqibatda ösimlik dunyosiga 2 mlrd 69 mln söm zarar yetkazilgan.

photo_2026-05-21_10-34-59 (2)photo_2026-05-21_10-34-59

Holat yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi böyiça dastlabki sud sobiq mansabdorni Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş) 3-qismi bilan aybli deb topgan. Unga iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan. Uning qamoqda saqlangan muddati çegirib taşlangan holda jazo muddati 1 yil 5 oy 15 kun etib belgilangan.

Apellyatsiya sudida sobiq mansabdor özini aybsiz deb hisoblab, oqlov hukmi çiqarişni söragan. U suddagi körsatmasida daraxtlarni kesişga ruxsat bor deb öylaganini va quriliş taşkilotiga faqat “yordam bergani”ni bildirgan. Ammo apellyatsiya sudi dastlabki sud hukmini özgarişsiz qoldirgan.