55 kunlik tanaffusdan söng Termiz xalqaro aeroporti samolyotlarni qabul qiliş va jönatiş uçun yana oçildi. Qayta quriş doirasida uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bölgan yangi uçiş-qöniş yölagi, yuriş yölaklari va uçta samolyot töxtaş joyi uçun perronni öz içiga olgan, yangi 4E toifali aerodrom majmuasi qurildi. 

Şuningdek, aerodromga zamonaviy CAT-I ICAO yoritiş uskunalari tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qöniş tizimlari örnatildi. Yangi aerodrom majmuasini quriş loyihasi 550 milliard sömga baholanmoqda. Ayni paytda 377 milliard sömlik işlar bajarilgan. Loyihaning yakuniy bosqiçi — uçta samolyot turar joyi va ikkinçi yuriş yölagi 2023 yilning apreligaça yakunlanişi rejalaştirilmoqda.

Termizdagi yangi aerodromning uçiş-qöniş yölagi betondan qurilgan. Bu Surxondaryo viloyatining issiq iqlimi şaroitida eng yaxşi yeçim — betondan yasalgan uçiş-qöniş yölagi mustahkamroq va çidamliroq. Bugungi kunga qadar faqat Navoiy va Termiz aeroportlarida betondan uçiş-qöniş yölagi qurilgan.

Termiz aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanişga topşirişga tayyorgarlik körilayotgani munosabati bilan 1 noyabr kuni yopilgan va parvozlar vaqtinça respublikaning boşqa xalqaro aeroportlariga yönaltirilib kelingan edi. Aeroport terminali ham rekonstruksiya qilinib, 2019 yilda foydalanişga topşirilgan.