Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştirişda davom etamiz.
Ğazodagi vaziyat
Isroil harbiylari Ğazo şahriga qayta köçib kirgan aholini yana sektorning janubiy va markaziy qismiga evakuatsiya qiliş haqida buyruq bergan. Anklavning şimoliy qismida Isroil HAMAS guruhiga qarşi yangi jangovar operatsiya boşlagan.
Isroilliklar tomonidan samolyotlardan taşlangan varaqalarda «xavfli jangovar harakatlar zonasi»ni tark etiş söralgan va sohil böyidagi Dayr ul-Balah va az-Zavaydaga yöl oliş uçun xavfsiz ikkita yönaliş belgilab berilgan.
BMT har doimgidek evakuatsiyaning yangi tölqinidan çuqur taşvişda ekanini bildirgan.
Isroil harbiy hukumatni tarqatgaç, Isroil boş vaziri kiçikroq xavfsizlik forumi taşkil etib, unga milliy xavfsizlik vaziri, ultraöng millatçi Itamar Ben-Gvirni kiritişni va’da qilgan. Bu haqda Ben Gvirning özi jurnalistlarga intervyusida maqtangan.
«Men faqat bir xil fikrlovçi odamlardan iborat bölmagan forum tuzişni söradim. Boş vazir bunday forum tuzişni va’da qilgandi, lekin hamon tuzgani yöq. Şuning uçun biz sanksiyalar qöllaymiz», degan Ben Gvir.
Ben Gvir atrofidagilarning aytişiça, Netanyahu uni harbiy kabinetga kiritmaslik uçun hamma narsaga tayyor. Bunga javoban Ben Gvir öz partiyasini hukumat koalitsiyasidan olib çiqib ketiş bilan tahdid qilib keladi.
Bu orada, Ğazoda öldirilganlar soni 38 ming 295 kişiga yetgan. Uruşning 278-kuniga kelib, yaralanganlar 88 ming 241 kişini taşkil etmoqda. Ötgan sutka içida isroilliklar 4 ta ommaviy qirğin ötkazib, 52 kişini öldirdi, 208 kişi yaralandi.
Baydendan xavfsiraş
AQŞ Vakillar palatasidagi demokratlarning uçdan bir qismi prezidentlik saylovida Jo Bayden emas, boşqa demokrat qatnaşişini istamoqda, deb yozdi The Wall Street Journal naşri.
Gazeta xabariga köra, yana uçdan bir qism demokratlar Bayden saylovda qatnaşişiga könib bölgan, ammo ular ğalabaga işonmayapti. WSJ'ga bu haqda şaxsini ma’lum qilmagan demokratlar ma’lum qilgan.
Jurnalistlar vakillar palatasidagi demokratlardan faqat yetti nafari Bayden poygadan çiqişi haqida oçiq gapirgani, qolganlar bu haqda faqat özaro suhbat vaqtida gapirganiga e’tibor qaratgan.







