2019 ĭil dekabr oyida işlaş maqsadida Rossiyaga borgan Şavkat Yöldoşev Moskva şahridaligida giyëhvandlik vositalari oldi-sotdisi bilan şuğullanib, huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan qŭlga olinadi.

2021 yil sentabrida Kaluga oblasti Obninsk şahar sudi tomonidan RF Jinoyat kodeksining 228-1-moddasi 4-qismi «a, g» bandlari bilan aĭbli deb topilib, 7 ĭil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Ş.Yöldoşev jazoni ŭtash davrida, Rossiya harbiĭlari taklifiga kŭra, 2022 ĭil oktyabrdan 2023 ĭil 22 aprelga qadar «Vagner» xususiĭ şirkatida 6 oĭ xizmat qilib, bu xizmati evaziga jazoning ŭtalmaĭ qolgan qismidan ozod qilingan va 950 ming rubl miqdorida pul mukofoti hamda RFning «Za otvagu» kŭkrak nişoni bilan taqdirlangan.

U Rossiya fuqaroligini ololmagaç, 2023 ĭil avgust oyida Ŭzbekistonga qaĭtib kelganida tergovga tortiladi.

Jinoyat işlari böyiça Ohangaron tuman sudining şu yil 30 maydagi hukmi bilan, Ş.Yöldoşev Ŭzbekiston Respublikasi JK 154-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aĭbli deb topiladi va 2 ĭil 6 oĭ muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi taĭinlanadi.

Sudlanuvçi sudda bergan körsatmalarida Ukrainaning Luhansk oblasti hududida bölib, harbiy istehkomlar (blindaj) qurişda iştirok etgani, «Vagner» taşkilotining harbiĭ harakatlarida iştirok etmaganini aytgan.