Naşr, şuningdek, hukumat mulozimining xatiga havola qilmoqda. Unda odamlar Parijda olimpiada oçilişidan avval köçirilayotgani röyirost aytilgan. Biroq Fransiya hukumati bunday boğliqlik yöqligini rasman ta’kidlamoqda.
Odamlar avtobusga solinib, Lion va Marsel kabi şaharlarga köçirilgani aytilmoqda.
Xususan, naşrning hukumatdagi manbalari gap ixtiyoriy köçiş haqida ketayotgani, bu “Parijdagi favqulodda turar joy yetişmasligi muammosini yumşatiş maqsadida” amalga oşirilayotganini ta’kidlagan.
Migrantlarning aytişiça, hukumat ularga turar joy ajratiş va ijtimoiy yordam berişni va’da qilib, köçirişgan. Uysizlar muruvvat uylariga joylaştirilgaç, ularni boşpana berişga loyiq yoki yöqligi tekşiruvdan ötkazilgan. Mezonlarga töğri keluvçilarga boşpana berilgan. Biroq, naşrning yozişiça, bunday boşpanaga uysiz migrantlarning faqat 40 foizi loyiq körilgan.
Parij va uning yon atrofida Fransiyadagi uysizlarning yarmi istiqomat qiladi. Ularning soni 100 mingga yaqin.
Parijdan uysizlar köçirilayotgani haqida boşqa naşrlar, jumladan Fransiyaning naşrlari ham yozmoqda.
The Guardian naşrining yozişiça, politsiya poytaxtni fohişalar va narkotik moddalarga ruju qöyganlardan ham tozalagan. Parijdan jami 13 mingga yaqin odam köçirilgan. Garçi bir yil avval şahar meri Ann Idalgo heç kim köçişga majburlanmasligi haqida va’da bergan edi.








