«Taşabbusga köra, bunday foydalanuvçi Roskomnadzorga familiyasi, ismi va otasining ismi, yuridik muhim ma’lumotlarni öz vaqtida qabul qilib olişi uçun kontakt ma’lumotlarini taqdim etişga majbur böladi. Bunda odam idoradan röyxatdan ötmaydi, nazorat organini akkaunt egasi axborot tarqatiş bilan şuğullanayotganidan boxabar qiladi», — deya Roskomnadzorning tuşuntirişini keltirmoqda TASS.
Bu holatda ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarida öz sahifasini begona kişilar tomonidan körilişini berkitiş, özi haqida axborotlarni olişni çeklaş imkoniyati saqlanib qoladi, demoqda idoradagilar.
Taşabbusga köra, Rossiya kompaniyalariga foydalanuvçilari özlari haqida ma’lumotlar taqdim etmagan oçiq sahifalarda reklama joylaştiriş taqiqlaş ham nazarda tutilgan.
Yangi talabni Roskomnadzordagilar amalda bölib turgan «Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qiliş töğrisida»gi qonunga köra, OAV iştirokisiz tarqatilayotgan axborot uning egasi yoki tarqatuvçi haqida uni identifikatsiya qiliş uçun yetarli haqqoniy ma’lumotlarga ega bölişi lozimligi bilan tuşuntirilgan. Bu ijtimoiy tarmoqlardagi şaxsiy sahifalarga ham tegişli.
Idoradagilarga köra, hozirgi vaqtda «yovuz niyatli kişilar» egasi noma’lum sim-kartalardan foydalanib, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda feyk sahifalar oçmoqda, söngra «feyklar, zöravonlikni tarğib qiluvçi, bolalarni qonunga xilof işlarga jalb etuvçi axborotlar va boşqa taqiqlangan ma’lumotlarni tarqatuvçi hamjamiyatlar yaratişmoqda».
«Bugun onlayn platformalar köp hollarda rossiyaliklar uçun OAV vazifasini bajarmoqda. Kontent tarqatuvçilarning anonimligi xavfli: ekstremistik mazmundagi xabarlar yorilgan bomba effektini namoyon qilişi mumkin. Haqiqatga töğri kelmaydigan axborot — nafaqat alohida bir şaxsga, butun bir davlatning xavfsizligiga ziyon yetkazişi mumkin», — degan Roskomnadzordagilar.








