Ispaniya dastlabki turdan finalgaça ajoyib öyini bilan turnirning eng yorqin jamoasi bölib turibdi. Murabbiy Luis de la Fuenta Rodri va Morata singari tajribali hamda Lamin Yamal va Niko Uilyams singari iqtidorlardan iborat ajoyib jamoa bilan barça raqiblarni birin-ketin yölidan olib taşlamoqda. «Qizil furiya» yurişini davom ettirib, Yevro tarixida 4 marta ğoliblikni qölga kiritgan ilk jamoaga aylanmoqçi. Hozirgaça ispanlar 3 marotaba (1964, 2008, 2012 yillar) köhna qit’ada tengsiz deb topilgan. Navbatdagi çempionlik Ispaniyani rekordçiga aylantiradi.
Ispanlardan farqli ölaroq, Angliya öz tarixida hali biror marotaba ham Yevropa çempionligini qölga kiritmagan. Inglizlarning turnirdagi eng yaxşi natijasi 2021 yilda qayd etilgan bölib, Sautgeyt şogirdlari turnir finalçisiga aylanib, hal qiluvçi bahsda Italiyaga penaltilar seriyasida (1:1, 2:3 – penalti) mağlub bölgan. Harri Keyn sardorligidagi angliyaliklar bugun tarixdan joy olişi mumkin.
Jamoalar finalga qanday yetib keldi?
Ispanlar inglizlardan köra, finalgaça nomdor jamoalarga qarşi saf tortişdi. De la Fuenta şogirdlari Xorvatiyani guruhdan qoldirgan bölsa, amaldagi çempion Italiyani mağlub etdi. Pley-offlarda esa Gurjiston, mezbon Germaniya va çempionlik uçun asosiy favorit sanalgan Fransiyani turnirdan çiqarib yubordi.
Angliya esa ötgan 6ta öyinning faqat 3tasida öyin vaqtida ğolib böldi, qolgan 3ta bahsda durang qayd etdi. Garet Sautgeyt şogirdlari pley-offlarda Slovakiya, Şveytsariya va Niderlandiyani mağlub etib, finalgaça yetib keldi.
Ispaniyaning finalgaça natijalari:
1-tur. Ispaniya – Xorvatiya 3:0
2-tur. Ispaniya – Italiya 1:0
3-tur. Ispaniya – Albaniya 1:0
1/8 final. Ispaniya – Gurjiston 4:1
1/4 final. Ispaniya – Germaniya 2:1
1/2 final. Ispaniya – Fransiya 2:1.
Angliyaning finalgaça natijalari:
1-tur. Angliya – Serbiya 1:0
2-tur. Angliya – Daniya 1:1
3-tur. Angliya – Sloveniya 0:0










