Futbol böyiça Angliya milliy jamoasi boş murabbiyining iste’fosi özini köp kuttirmadi. Yevropa çempionati finallarida qatorasiga ikkinçi bor mağlub bölganidan keyin ikki kun ötib Garet Sautgeyt bu lavozimdan ketişini e’lon qildi.

Inglizlar yakşanba kuni Berlinda ötkazilgan final bahsida Ispaniyaga oxirgi daqiqalarda ötkazilgan gol tufayli 1:2 hisobida yutqazdi, uç yil oldin esa Londonda ötgan Yevro-2020 finalida Italiyaga mağlub bölingandi.

«Men — angliyalikman va bundan faxrlanaman. Angliya uçun öynaş va milliy jamoani şuğullantiriş mening hayotimning şarafli qismi edi, — deya murojaat qilgan Sautgeyt fanatlar va futbolçilarga. — Ammo özgarişlar vaqti keldi».

Sautgeyt jamoa boşqaruvida 102 öyin ötkazib, 61 uçraşuvda ğalabaga erişdi va 17 bor mağlub böldi.

Sönggi Yevrodan keyin u çempionat öyinlarida qatorasiga 13 uçraşuvda asosiy vaqtda (penaltilar seriyasi bundan mustasno) yutqazmagan ilk mutaxassisga aylandi.

Ammo turnir davomida uni pragmatik futbol namoyiş etgani va öz qöli ostida jamlangan yulduzli futbolçilarning salohiyatini röyobga çiqara olmagani uçun tanqid qilişdi.

Şunga qaramay Sautgeyt boşini tik kötargan holda iste’foga çiqmoqda — uning boşqaruvi davrida Angliya öz tarixidagi eng yaxşi yillarni ötkazdi, uni qançalik tanqid qilişmasin, uning milliy jamoa oldidagi xizmatlari katta böldi.

«Sönggi sakkiz yil mobaynida u Angliya erkaklar milliy jamoasini qaytadan şakllantirdi. Uning bu işdagi hissasi beqiyos, körsatgan natijalari röyxati — ajoyib», — degan xayrlaşuv marosimida Angliya futbol assotsiatsiyasi rahbari Mark Bullinghem va statistik raqamlarni keltirgan.

Angliya milliy jamoasi sönggi bor yirik turnirda — jahon çempionatida ğolib çiqqan 1966 yildan keyin jamoa biror marta yirik turnirlar finaliga çiqmagandi — jamoa tarixi ikki bosqiçga bölinadi: Sautgeytgaça va uning davri.

U boşqaruvga kelguniga qadar inglizlar 25 ta xalqaro turnir pley-offlarida faqat 7 marta ğalaba qozongan. Uning boşqaruvida ötgan 4 turnirda esa — 9 marta. Uning davrida ikki marta Yevropa çempionati finallari çiqildi, bir marta Jahon çempionatining eng yaxşi tört jamoasi safidan joy olindi, bir marta Millatlar ligasi yarimfinaliga çiqildi.

«Ya’ni u 8 yil içida oldingi 50 yildagidan köra köproq marta hal qiluvçi öyinlarda ğolib çiqqan», — degan Bullinghem.