Rossiya qöşini Toretsk şahri (Donetskdan şimolda) çekkalaridagi posyolkalarga yorib kirdi. Bu Ukraina qurolli kuçlari mudofaasida navbatdagi inqirozli holatga olib keldi: qömondonlik mudofaadagi teşiklarni yopiş uçun zaxira qidirişga majbur. Ukraina qurolli kuçlari Toretsk aglomeratsiyasiga Kupyansk frontidagi bölinmalarni (95-desant-şturm brigadasidan) yuborgan. Ukraina armiyasining Kupyansk atrofidagi vaziyati ham yaxşi emas: Rossiya qöşini Oskol daryosi tomon yurmoqda, Ukraina qurolli kuçlarining Xarkiv, Donetsk va Luhansk oblastlari çegarasidagi yirik platsdarmiga uşbu daryo orqali ta’minot yetkazib beriladi — uşbu ta’minot yöli xavf ostida qolgan. Bundan taşqari, RF qurolli kuçlari Toretskdan şimolroqda, Çasiv Yar şahri hududida hamda ğarbroqda — Avdiyivka frontida ham harbiy harakatlarini davom ettirmoqda. Bularning bari ukrain armiyasini oldinda oğir oylar kutayotganini anglatadi: hozirça Rossiya hujumlarini töxtatiş uçun kuçlar yetarli emas. Şu bilan birga, Ukraina qurolli kuçlari Xarkiv va Vovçansk uçastkalariga ham qöşimça kuçlar yuborişda davom etmoqda. Bundan maqsad (unga erişişga esa hali köp vaqt bor) — RF qurolli kuçlarini Xarkiv va Belgorod oblastlari çegarasidan surib taşlaş va kuçlarni boşqa yönalişlar uçun böşatiş hisoblanadi.

Xarkiv va Vovçansk

  • Ukraina qurolli kuçlari Xarkivdan şimoldagi Gluboke qişloğida rossiyaliklarning pozitsiyalariga muvaffaqiyatli hujumlar uyuştirdi: ular qişloqni ğarbdan aylanib ötişga muvaffaq bölgan va uning şimoliy çekkalariga kirib kelgan. Endilikda Ukraina qurolli kuçlari Rossiya bölinmalari turgan uşbu qişloqni uç tomondan örab olgan. Rossiya qömondonligi qişloqqa ta’minot va qöşimça kuçlar yetkazişga urinayotgan kolonnalar ukrainlarning dronlari zarbalariga yöliqmoqda. Ta’minotçilar nafaqat Xarkiv oblastida, balki Belgorod oblasti hududida ekanidayoq hujumga uçramoqda.
  • Vovçanskda (Rossiya qömondonligi katta ehtimol bilan bu yerga qöşimça kuçlar olib kelgan, jumladan Baxmut frontidan ham) vaziyat çigalligiça qolmoqda. Ikki armiya kuçlari şaharning köp qavatli binolaridan iborat kvartallarida hamda sanoat korxonalarida, şuningdek şahar çekkalaridagi pozitsiyalarni egallab turibdi va bu yerda aniq front çiziği ötkazib bölmaydi: bir kvartalning özida ham ukrain, ham rus bölinmalari turgan bölişi mumkin. Şu bilan birga, köp hollarda bunday kvartallar raqib kuçlari tomonidan örab turilgan böladi, u yerdagilarning ta’minoti esa — öq-dori, yegulik va içimlik suv — dronlar orqali yetkaziladi.
  • E’lon qilingan videolardan biriga köra, Rossiya qöşini Volçya daryosini keçib ötib, şaharning janubiy qismiga kirişga muvaffaq bölgan. Ammo video (muallif unda Volçyaning janubiy sohilidagi Rossiya pozitsiyasi öqqa tutilganini aytgan) notöğri körsatilgan bölişi — bu ukrain pozitsiyasi öqqa tutilişi haqida bölişi ham mumkin.