«Siyosiy qatağon qurboni bölgan yurtdoşlarimiz hayoti va faoliyatini örganiş, tarğib etiş hamda ularning xotirasini abadiylaştiriş borasidagi işlarni kengaytiriş töğrisida»gi prezident qarori imzolandi.
Qarorga köra, siyosiy qatağon qurboni bölgan yurtdoşlarimizning hayoti va faoliyatini örganiş hamda ularning xotirasini abadiylaştiriş işlarini muvofiqlaştiriş böyiça respublika komissiyasi taşkil etiladi.
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
- qatağon qyrboni bölgan şaxslarning hayoti va faoliyatini örganiş, ularni nomma-nom aniqlaş, tarixiy xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni, arxiv va muzeylar, kutubxonalar va turli fondlarda saqlanayotgan hujjatlarni töplaş va tadqiq etiş, ommalaştiriş uçun işçi guruhlar faoliyatini taşkil etiş;
- qatağon qurbonlarining avlodlari va yaqinlari, öşa davr voqealariga guvoh bölgan insonlarning xotiralarini yozib oliş, oilaviy arxiv va kutubxonalarda saqlanayotgan tarixiy manbalarni, noyob suratlarni töplaş böyiça işlarni muvofiqlaştiriş;
- Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, uning hududlardagi bölimlari hamda Jadidlar merosi davlat muzeyining mavzuga doir ma’lumotlar, aşyoviy dalil va hujjatlar, boşqa tegişli eksponatlar bilan muntazam ravişda boyitib borilişini ta’minlaş;
- qatağon qilingan yurtdoşlarimiz haqidagi tarixiy haqiqatni tiklaş va kelgusi avlodlarga yetkaziş maqsadida köp jildlik “Qatağon qurbonlari” kitobini çop etiş hamda ularning nomlarini Toşkent şahridagi “Şahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida barpo etiladigan ramziy kitob sahifalariga kiritiş işlarini davom ettiriş;
- çet eldagi turli fondlar, arxiv, muzey, kutubxona va boşqa ilmiy-ma’rifiy muassasalar hamda tegişli mutaxassislar bilan hamkorlik örnatgan holda, mavzuga oid ilmiy ekspeditsiyalar taşkil etiş;
- yoş avlodni Vatanimiz ozodligi yölida jonini fido qilgan buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalaş, ularning jasorati va ibratli faoliyatini tarğib etişga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy işlarni yölga qöyiş.
Respublika komissiyasining işçi organi etib Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligida Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi, Qurolli Kuçlar akademiyasi, Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini örganiş instituti, “Ğalaba boği” yodgorlik majmuasi, “Şon-şaraf” davlat muzeyi mas’ul xodimlari va yetakçi mutaxassislaridan iborat guruh belgilandi.









