28-avgust kuni Toşkentdagi Şahidlar xotirasi xiyoboniga davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, ulamolar, nuroniylar va ziyolilar yiğildi.
Qatağon qurbonlarini yod etiş marosimida prezident Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi. Vatan fidoyilari haqiga Qurʼon tilovat qilinib, duo öqildi.
Xiyobondagi ramziy qabr yonida ham Qurʼon tilovat qilindi. Şu yerda davlatimiz rahbarining ulamolar va ziyolilar bilan tarixiy xotirani asraş, qatağon qurbonlari nomini tiklaş hamda yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş masalalari yuzasidan muloqoti böldi.
“Şu kunlarda el-yurtimiz bilan birgalikda mustaqilligimizning 35 yilligini katta xursandçilik bilan kutib olyapmiz. 35 yildan buyon heç kimga qaram bölmasdan, mana şunday tinç va tiniq osmon ostida erkin va farovon yaşayapmiz. Bu – katta baxt, bebaho boylik. Şunday uluğ kunlarda istiqlol va ozodlik yölida halok bölgan qahramon ajdodlarimizni eslaş, ularning xotirasiga hurmat bajo keltiriş – muqaddas burçimiz”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari fidoyi ajdodlarimizning qahramonligi heç qaçon unutilmasligi, ularning jasorati xalqimiz uçun hamişa maʼnaviy kuç manbayi bölib qolişini taʼkidladi.


Keyingi yillarda qatağon qurbonlari xotirasini abadiylaştiriş va tarixiy adolatni tiklaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Şahidlar xotirasi xiyobonidagi Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi töliq rekonstruksiya qilinib, ekspozitsiyasi boyitildi, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Raqamli tizimlar va sunʼiy intellekt yordamida körgazmalarning taʼsirçanligi oşirildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlarda taşkil etilgan qatağon qurbonlari muzeylari ham zamon talablari asosida jihozlandi. Ularning fondlari dunyoning turli nuqtalaridan keltirilgan noyob hujjatlar va fotosuratlar bilan boyitilmoqda.


















