Fransiya hukumati josuslikdan xavotirlanib, bir neça önlab xorijliklarga Parijdagi yozgi Olimpiada öyinlariga kirişni rad etdi. Taqiq Rossiya, Belarus va boşqa bir qator mamlakatlardan kelgan yuzga yaqin kişiga taalluqli, dedi mamlakat içki işlar vaziri Jyerald Darmanen Le Journal du Dimanche naşriga bergan intervyusida.

Uning aniqlik kiritişiça, gap 2024 yilgi Olimpiadaga jurnalist, fizioterapevt yoki texnik xodimlar niqobi ostida kelişni istagan xorijliklar haqida ketmoqda. «Ehtimol, ular bu yerga hujumlar uyuştiriş uçun kelmaydi. Lekin, razvedka va an’anaviy josuslikdan taşqari, kiberhujumlarni amalga oşiriş uçun kompyuter tarmoqlariga kiriş nuqtalaridan boxabar bölib turiş kerak», - dedi Darmanen. Şu bilan birga, Xalqaro olimpiya qömitasida işlaydigan rossiyaliklarga öyinlarda qatnaşiş uçun ruxsat berildi. 

«Biz öyinlarni yoritişni xohlayotganini da’vo qilgan köp sonli «jurnalistlar»ga rad javobi berdik, boşqa tomondan, ehtiyotkorlik tamoyilidan kelib çiqqan holda Xalqaro olimpiya qömitasida işlayotgan rossiyaliklarga ruxsat berdik», dedi vazir. 

Umuman olganda, Jyerald Darmanen sözlariga köra, razvedka xizmatlari tomonidan tekşirilgan 960 ming şaxsdan 4340 kişiga, jumladan köngillilar, stadion işçilari va sport delegatsiyalari a’zolari 2024 yilgi yozgi Olimpiada öyinlarida işlaş huquqidan mahrum qilingan. Gap terrorçilik, öng va söl radikal faoliyat, şuningdek, ilgari jinoyat sodir etganlikda gumon qilinganlar haqida bormoqda. 

26 iyul kuni Parijda boşlanadigan yozgi Olimpiya öyinlarida 15 nafar rossiyalik va 16 nafar belaruslik sportçi iştirok etadi, ular neytral maqomda qatnaşadi.