Oliy sud Özbekistonda yarim yilda transport vositalaridan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buzgani uçun qamalganlar sonini ma’lum qildi.

2023 yilda Jinoyat kodeksining 266-moddasida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 325 nafar şaxs sudlangan. 

Şundan 635 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 2 690 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan. 

2024 yilning 1-yarmida 1 601 nafar şaxs sudlanib, ularning 551 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, 1 050 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlangan.