Vengriya va Slovakiya Yevrokomissiyaga murojaat qilib, Kiyev Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasiga qarşi sanksiyalarni kuçaytirgandan söng, Rossiya Federatsiyasidan neft tranziti masalasida Ukraina bilan maslahatlaşuvlarda vositaçilik qilişni söradi. Bu haqda 22 iyul, duşanba kuni Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi. U Budapeşt Ukrainani sudga berişi mumkinligini ta’kidladi va uning qarori «Vengriya va Slovakiyaga energiya ta’minoti xavfsizligiga tubdan tahdid solayotganini» qöşimça qildi.
Vengriya va Slovakiya «Lukoyl»dan Ukraina orqali neft olmayapti
«Drujba» neft quvurining Slovakiya uçastkasi operatori Transpetrol, şuningdek, Slovakiya Iqtisodiyot vazirligi 18 iyul kuni «Lukoyl» nefti Kiyev tomonidan mahsulot tranzitiga qöygan taqiq tufayli mamlakatga kelişi töxtaganini ma’lum qildi.
«Hozirda biz «Lukoyl» Slovakiya neftni qayta işlaş zavodiga Rossiya neftini yetkazib berişni bekor qilganini qayd etmoqdamiz, mavjud ma’lumotlarga köra, u Ukrainaning kengaytirilgan sanksiyalar röyxatiga kiritilgan», — deya Transpetrol bayonotidan iqtibos keltirgan Bloomberg agentligi. Şu bilan birga, Transpetrol aniqlik kiritişiça, Rossiyaning boşqa eksportçilaridan neft Ukraina orqali Slovakiyaga borişda davom etmoqda. Reuters agentligi Ukraina energetika sohasidagi manbasiga tayanib, Ukraina orqali Yevropa mamlakatlariga neft tranziti «reja böyiça ketayotganini» yozdi.
17 iyul kuni Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto «Lukoyl» kompaniyasiga nisbatan Ukraina sanksiyalari kuçaytirilgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasidan neft Vengriyaga «Drujba» quvuri orqali yetkazib berilmayotganini aytdi. Siyyarto sözlariga köra, «Lukoyl» va Vengriyaning MOL energetika kompaniyasi hozir quvur orqali neft ta’minotini tiklaş uçun «qöşma huquqiy yeçim ustida işlamoqda».
Iyun oyida Kiyev «Lukoyl»ga qarşi sanksiyalarni kengaytirdi, xususan, Rossiya kompaniyasi mahsulotlarining Ukraina orqali tranzitiga taqiq qöyildi. «Lukoyl» Vengriya va Slovakiyaga asosiy xomaşyo yetkazib beruvçi hisoblanadi.








