2025 yil 1 yanvardan mahalliy yönalişlarda yölovçilar taşiş xizmatlarini körsatişdan körilgan zararlarni (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yölovçilarni taşiş bundan mustasno) davlat budjeti hisobidan qoplaş tartibi joriy etiladi.
2024 yil 1 yanvardan yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etiş xizmatlari, yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yölovçilar taşiş tariflarini davlat tomonidan tartibga soliş amaliyotidan voz keçilib, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga soliş mexanizmiga ötilişi qayd etilgan.
Hujjat bilan içki qatnovdagi poyezdlarda yölovçi taşiş xizmatlarini körsatişda körilgan zararni davlat budjeti hisobidan qoplaş tartibi töğrisidagi vaqtinçalik nizom tasdiqlangan. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:
● taşuvçining içki qatnovdagi poyezdlarda yölovçilar taşiş böyiça xizmatlar körsatişdan körgan zararlarini hisoblaş;
● uşbu zararlarni davlat budjeti hisobidan kompensatsiya qilişni körib çiqiş;
● kompensatsiyani tölaş uçun zarur hujjatlarni taqdim etiş.
2025 yil 1 dekabrgaça temiryöl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlarga narxni aniqlaş va tasdiqlaş tartibi işlab çiqiladi. Bunda xizmat körsatiş sifati va operatsion samaradorlikni oşirişga qaratilgan rağbatlantiriş mexanizmlarini (bonus), şuningdek avans tölovlarini kiritiş uslubiyatini qöllaş joriy etiladi.
2026 yil 1 iyulgaça temir yöl transportida içki yönalişlarda qatnaydigan poyezdlar böyiça davlat buyurtmasi asosida yölovçi taşiş xizmatlarini körsatiş şartnomalarini (Public service agreement) tuziş va moliyalaştiriş tartibi loyihasini işlab çiqiş rejalaştirilgan.
Bunda 2027 yildan boşlab davlat budjetidan kompensatsiya mablağlari faqat içki yönalişlarda qatnaydigan poyezdlarda yölovçilar taşiş böyiça xizmatlar körsatiş şartnomalari asosida moliyalaştiriladi.












