B guruhi

Sent-Etendagi triller

Argentina — Marokaş 1:2
Gollar: Simeone (68) — Rahimi (45+2, 51 penalti). 
Argentina – Rulli, Garsiya (Eçeverri, 84), Otamendi, Di Çezare, Soler (Amione, 69), Almada, Senon (Simeone, 54), Medina, Esse (Fernandes, 69), Alvares, Beltran (Gondou, 69).
Marokaş – Muhammadi, Hakimi, Al Azzuzi (Nakaç, 80), Bukamir, Al Vahdi, Ben-Segir (Keşta, 80), Targallin, Al Hannus (Buşuari, 90), Riçardson, Ahomaş (Azzalzuliy, 59), Rahimi. 
Ogohlantirişlar: Ahomaş (39), Al Hannus (45+3), Al Vahdi (61), Rahimi (70), Targallin (87), Fernandes (88), Muhammadi (89), Di Çezare (90+9).

Olimpiadada futbol turnirining birinçi kuni jiddiy mojaro bilan yodda qoladigan böldi. Marokaş va Argentina örtasidagi öyin (2:1) qöşib berilgan daqiqalarda marokaşlik muxlislarning tajovuzkorona harakatlari tufayli töxtatildi. Öyinni oxirigaça yetkazib qöyiş uçun qariyb ikki soatlik tanaffus qilindi.

Uçraşuv hayratlanarli syujyetda keçdi. Aşraf Hakimi boşçiligidagi «Atlas şerlari» mudofaasi birinçi bölimda Maskerano şogirdlariga öyin bermadi, bölimga qöşib berilgan daqiqalarda hisobni oçişdi: 28 yoşigaça Yevropada öynamagan, sönggi yillarda BAAning «Al-Ayn» klubida töp surib kelayotgan Söfiyon Rahimiy 51-daqiqada «Barselona»ning sobiq futbolçisi Ahomaşning tovonda pas berişi bilan boşlangan hujumni yakunladi. Ikkinçi bölim boşida esa Rahimiy Ahomaş işlagan penaltini aniq ijro etib, dublni rasmiylaştirdi. 68-daqiqada Juliano Simeone bitta javob qaytardi. Keyin esa marokaşliklarning 35 yoşli darvozaboni Muhammadiyning vaqti keldi — u bir neça daqiqa oraliğida Amionening darvozabon hududida turib boş bilan yöllagan zarbasidan keyin qoyilmaqom seyv ijro etdi, keyin esa yakkama-yakka vaziyatda Hulian Alvaresdan ustun keldi. Umuman olganda, janubiy amerikaliklarda hisobni tenglaştiriş uçun yetarliça imkoniyatlar böldi. Bu imkoniyatni FIFAning qöşimça daqiqalar böyiça tavsiyalari ham oşirib yubordi. Qatardagi jahon çempionatida barça odatdagidan köra köproq daqiqalar qöşilişiga könikib bölgandi, ammo Olimpiadadagi hakamlar rekord qöyişga qaror qilişgan.

Şvetsiyalik arbitr Glenn Nyuberg roppa-rosa 15 daqiqa qöşib berdi — bunga öyinda töxtalişlar köp bölgani sabab edi, çunki marokaşlik muxlislar ikkinçi bölim davomida köp marta maydonga çopib çiqişdi. Tribunalardagi muxlislar ham argentinaliklarga nisbatan agressiv munosabatda bölişdi — madhiya yangrayotgan mahalda ham huştakbozlik qilindi.