Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy-quriliş kompaniyasi (HQK)ning 46 yoşli boş direktori Andrey Belkov Moskvada qölga olindi. U davlat mudofaa buyurtmalarini amalga oşirişda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285.4-moddasi) gumonlanmoqda, deya xabar bermoqda «Kommersant» gazetasi 24 iyul, çorşanba kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib.
Tergov ma’lumotlariga köra, 2019 yilda öşa paytda maxsus obektlar uçun Harbiy-quriliş boş boşqarmasi (HQBB)ni boşqargan Belkov Mudofaa vazirligining diagnostika va davolaş markazi uçun 76 million rubl örniga oşirilgan narxda - 121 million rublga tomograf sotib olişni taşkil qilgan. U puldagi farqning bir qismini öz dösti, «Partner Plyus» MÇJ asosçisi Yelena Lyaxoviçga ötkazgan, u bilan uskunalar yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzilgan.
Tomografning haqiqiy yetkazib beruvçisi, «Kommersant» yozganidek, yirik nemis kompaniyasining dileri edi. Gazeta uning nomini keltirmadi, biroq bu nemis kompaniyasi sanksiyalar tufayli Rossiya bozorini tark etgani va şartnomani bajara olmaganini ta’kidlaydi. Diler ham puldagi farqning bir qismini olgan.
Bu borada jinoiy iş 2023 yil iyul oyida oçilgan, öşa yilning oktyabr oyida Lyaxoviç va uning boş hisobçisi Viktor Bilko uşlangan. Belkov avvalroq uşbu iş böyiça gumonlanuvçi sifatida söroq qilingan edi. Tez orada tergov suddan HQK rahbarini hibsga olişni söraşi kutilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi va Boş ştabida şov-şuvli qölga olişlar
«Kommersant»ning ta’kidlaşiça, Andrey Belkovga nisbatan boşqa da’volar ham paydo bölişi mumkin, çunki uning işini sobiq mudofaa vaziri örinbosari Timur Ivanov nazorat qilgan - u aprel oyida juda katta miqdorda pora olganlikda ayblanib hibsga taşlangan. Ivanov bilan birga yana ikki ayblanuvçi ham hibsda saqlanmoqda.
May oyida Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining kadrlar bölimi boşliği Yuriy Kuznetsov qölga olindi. U ham pora olişda ayblanmoqda. Bundan taşqari, Rossiya Mudofaa vazirligini tanqid qilgan 58-armiyaning sobiq qömondoni Ivan Popov hibsda. U firibgarlikda ayblanmoqda.
May oyi oxirida Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliğining sobiq örinbosari, general-leytenant Vadim Şamarin hibsga olingan edi. U 36 million rubl miqdorida pora olganlikda ayblanmoqda va aybini qisman tan olgan.








