Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakatning öz uzoq masofali raketalarini yaratiş va işlab çiqarişdagi muvaffaqiyatlarini ma’lum qildi. «Bizning raketa dasturimiz yaxşi harakat qilmoqda va bu qiyin vazifa bölsa-da, asta-sekin öz raketalarimizdan foydalaniş qobiliyatiga yaqinlaşmoqdamiz», dedi u 23 iyul, seşanba kuni keçki videomurojaatida.

Zelenskiy: Rossiya pozitsiyalarini «butun çuqurlikda» nişonga olişni ta’minlaş kerak 

Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina hamkorlardan yordam oliş bilan bir qatorda, «barça vositalar va bor kuçi bilan Rossiya qöşinlarini, ularning moddiy-texnik ta’minotini doimiy samarali nişonga oliş uçun öz yeçimlarini qidirmoqda».

Bu yerda maqsad «maksimal mudofaa mustaqilligi», çunki bu «samarali ittifoqçilarni topiş va öz manfaatlarini röyobga çiqarişni osonlaştiradi», deya qöşimça qildi Ukraina prezidenti. 

Ukrainaning bir qator ğarbiy hamkorlari unga Rossiya Federatsiyasi hududiga zarba beriş uçun yetkazilgan qurollardan foydalanişga ruxsat taqdim etdi, ammo istisnolar mavjud. Şu bilan birga, Ukraina zaruriy qurol-yaroğ yetkazib beriş keçiktirilayotgani haqida bir neça bor ma’lum qilgan. Bundan taşqari, Germaniya uzoq masofali TAURUS raketalarini Kiyevga berişdan boş tortmoqda.