Şu haftaning oxiriga borib, Rossiyada statsionar kompyuterlarda YouTube videoxostingining yuklaniş tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga borib esa 70 foizga tuşişi mumkin. Bu haqda 25 iyul, payşanba kuni Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinşteyn özining Telegram-kanalida ma’lum qildi. «Uşbu çora faqat «desktop» versiyalariga ta’sir qiladi, bu hozirça mobil aloqaga tegişli emas», deyiladi xabarda. 

Deputat butun sivilizatsiyalaşgan dunyoda maşhur bölgan resursning sun’iy «degradatsiyasini» Rossiya rasmiylarining «majburiy qadami» deb atadi. Xinşteyn sözlariga köra, bu YouTube harakatlariga javob bölib, «u qonunlarimizni jazosiz buziş va e’tiborsiz qoldiriş mumkin deb hisoblaydi». 

Deputat an’anaga köra bunday sekinlaşuv uçun barça javobgarlikni videoxosting siyosatiga yuklagan, uning sözlariga köra, bu «davlat aniq qadamlarga ötganini körsatadi». Xinşteyn, şuningdek, YouTube «fikri ğarb nuqtayi nazaridan farq qiladigan jamoat arboblarimiz (blogerlar, jurnalistlar, artistlar)», boşqaça aytganda, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi uruşini qöllab-quvvatlaganlar kanallarini öçirayotganini ta’kidladi. 

«Rossiyada YouTube’ning kelajakdagi taqdiri faqat öziga boğliq», deya Xinşteyn özining navbatdagi fikrini yakunlagan. U servisni siyosatini özgartirişga va «qonunlarga rioya qilişni» boşlaşga çaqirdi. 

YouTube Şaman va Gagarinaning kanallarini blokladi 

Iyul oyi boşida YouTube Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarşi sanksiyalari 14-paketiga kiritilgan qöşiqçilar Yaroslav Dronov (Şaman) va Polina Gagarinaning rasmiy kanallarini bloklab qöydi. 

Oleg Gazmanov, Yuliya Çiçerina, Grigoriy Leps va mehmonlari Rossiyaning Ukrainaga hujumini ommaviy ravişda qöllab-quvvatlovçi «Empatiya Manuçi» şousi muallifi, aktyor Vyaçeslav Manuçarovning kanallari ham bloklandi. 

«Rostelekom» avvalroq Rossiyada YouTube’dagi nosozliklar haqida ogohlantirgan edi 

12 iyul kuni «Rostelekom» Rossiyadagi foydalanuvçilar uçun YouTube videoxosting xizmatida «Google kompaniyasiga tegişli uskuna işidagi texnik nosozliklar» tufayli ehtimoliy uzilişlar haqida ma’lum qildi. Rossiya provayderlari avvalroq Google Global Cache serverlarining eskirganligi sababli YouTube’ga kiriş tezligi sekinlaşişi mumkinligi haqida ogohlantirgan.